Mashhurlar

San’atni tark etgan va AQShga ko‘chib ketgan mashhur o‘zbek aktrisalari

photo
Foto: Daryo.uz

Loading

O‘zbek kino san’atida o‘chmas iz qoldirgan bir qator aktrisalar turmush yoki shaxsiy sabablarga ko‘ra san’atdan chekinib, hayotini AQShda davom ettirmoqda. Daryoning ushbu maqolasida san’atni tark etib, okean ortida yangi sahifa ochgan mashhur o‘zbek aktrisalari hayoti bilan tanishasiz.

Dilorom Qambarova — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist

Dilorom Qambarova o‘zining betakror rollari bilan o‘zbek tomoshabinlar qalbidan joy olgan aktrisa hisoblanadi. U “Temir xotin”, “To‘ylar muborak” filmlarida rol ijro etgan. Aktrisa 90-yillarning ikkinchi yarmida san’atdagi faoliyatiga nuqta qo‘yib, Amerika Qo‘shma Shtatlariga ko‘chib ketishga qaror qilgan. U AQSHda bir muddat modalar uyida ishlagan. Bugungi kunda 68 yoshda bo‘lgan Dilorom Qambarova uy bekasi. U ijtimoiy tarmoqlar va omma eʼtiboridan xoli yashashni maʼqul ko‘radi.

Kamola Umarxo‘jayeva

Kamola Umarxo‘jayeva “Sevgi”, “Ayollar saltanati”, “Yodgor” kabi filmlardagi obrazlari bilan tanilgan aktrisa. U 2004-yildan buyon AQSHda istiqomat qiladi. Aktrisa so‘nggi marta 2010-yilda “Qabrdan qaytgan umr” filmida suratga tushgan. Shundan keyin u san’at sohasidagi faoliyatini yakunlagan. Kamola Umarxo‘jayeva 4 nafar farzandning onasi bo‘lib, bugungi kunda oilasi bilan Vashington shahrida yashaydi.

Gulchehra Eshonqulova 

“Fotima va Zuhra”, “Panoh”, “Shabnam” va “Janob hech kim” filmlaridagi obrazlari bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa. Gulchehra Eshonqulova bundan bir necha yillar avval o‘z faoliyatini yakunlab, oilasi bilan okean ortiga ketgan. Aktrisa AQSHga borgach, o‘z vaqtini til o‘rganish va farzandlari tarbiyasiga bag‘ishladi. 43 yoshda bo‘lgan Gulchehra Eshonqulova hozirda bir o‘g‘il va bir qizning onasi.

photo 02

Durdona Tursunboyeva

Durdona Tursunboyeva ko‘pchiligimizga “Otalar so‘zi — aqlning ko‘zi” ko‘rsatuvidagi chiqishlari bilan yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa. U ham san’atni tark etib, 14 yildan buyon AQSHda yashamoqda. Aktrisa bugungi kunda ikki o‘g‘ilning onasi. U hozirda turmush o‘rtog‘i bilan birga zargarlik buyumlari biznesi bilan shug‘ullanadi.

Gulnora Qosimova

“Qaytar dunyo”, “Iblis devori”, “Mening akam bo‘ydoq”, “Notanish” kabi film va seriallardagi rollari bilan tomoshabinlarga tanish bo‘lgan aktrisa Gulnora Qosimova 2010-yildan buyon Amerika Qo‘shma Shtatlarida yashaydi. Aktrisa intervyularidan birida san’at sohasini tark etmagani, biroq faoliyatida uzoq tanaffus bo‘layotganini taʼkidlagan. U 2013-yilda AQSHda turmushga chiqqan. Bugungi kunda u ikki o‘g‘lining tarbiyasi bilan band.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.