Jahon

Nima uchun JSST O‘zbekistonga minnatdorlik bildirmoqda?

photo 180

Loading

JSST rahbari Gebreyesus prezident Mirziyoyevga maktub yo‘lladi va Pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to‘g‘risidagi xalqaro kodeks loyihasi ishlab chiqilgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Kodeksni ilgari surishda Mirziyoyevning uzoqni ko‘zlagani va bu jarayonda yetakchilik qilganini e’tirof etgan Gebreyesus hujjat loyihasini quyidagilar uchun maqtadi: keng ko‘lamli vazifalar qo‘yilganligi; amaliy yechimlarning mavjudligi; vaqti to‘g‘ri tanlanganligi.

Gebreyesus shuningdek, prezidentga COVID-19 pandemiyasini oldini olish va barchaning sog‘lom va xavfsiz kelajagini ta’minlash ishiga sodiqligi uchun minnatdorlik bildirdi.

Kodeksning shubhasiz tan olinishi va unga yuqori baho berilishi munosibdir. Ushbu tashabbus ko‘plab sabablarga ko‘ra dolzarb hisoblanadi. Bugungi kunda COVID-19 qaraganda ko‘proq odamlar uning oqibatlaridan aziyat chekmoqda.

Shu bilan birga, Kodeks quyidagilarni kafolatlaydi:

– chet el fuqarolarining huquqlarini himoya qilish. Pandemiya qochqinlar va mehnat muhojirlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. 2020 yilda dunyo bo‘ylab muhojirlar soni 281 millionga yetdi;

– oziq-ovqat xavfsizligi xavfini kamaytirish. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus sababli ochlik yoqasida turganlar soni 270 millionga yetdi;

– vaksinalarning teng taqsimlanishi. PVA hisob-kitoblariga ko‘ra, dunyo aholisining 14% ni tashkil etgan rivojlangan mamlakatlar o‘tgan yilning oxirida, ishlab chiqilayotgan barcha vaksina zaxiralarining 50% dan ortig‘ini sotib olishdi. Shu sabab 60 dan ortiq davlatlar vaksina yetishmovchiligiga duch kelishi mumkin;

– aholini ish bilan ta’minlashni qo‘llab-quvvatlash. Pandemiya 500 millionga yaqin ish o‘rni yo‘qolishiga olib keldi. Norasmiy sektorda band bo‘lgan 1,6 milliard kishi tirikchilik uchun mablag‘larini yo‘qotishi mumkin;

– uzluksiz ta’lim olishning kafolatlari. YUNISEF ma’lumotlariga ko‘ra, maktablarning yopilishi 1,5 milliard o‘quvchiga salbiy ta’sir qilgan. Dunyo bo‘ylab 463 million bola onlayn-ta’lim olish imkoniyatiga ega emas.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.