Özbekiston

Damas’ning yangi modellari sotuvi boshlandi

photo
Foto: UzAutoMotors

Loading

UzAutoMotors 16-fevral kuni yangi Chevrolet Damas Max va Chevrolet Damas Move modellari uchun shartnoma tuzish jarayoni boshlanganini e’lon qildi.

Kompaniya chiqargan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu avtomobillarni xarid qilish bo‘yicha shartnomani UzAutoMotors’ning barcha rasmiy dilerlik markazlarida rasmiylashtirish mumkin.


Damas yangi modellari haqida


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-may kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Xorazm viloyatining Tuproqqal’a tumanida hozirda Damas va Labo ishlab chiqarilayotgan zavodda yangi rusumdagi avtomobil ishlab chiqarilishini aytgandi. 2025-yilning dekabrida UzAutoMotors yangi Chevrolet Damas Max va Chevrolet Damas Move modellarini qanday ko‘rinishda bo‘lishini e’lon qildi. Avtomobil Yevro-5 ekologik standartiga javob beradi, 7 o‘rindiqqa ega bo‘ladi. Damas Max yuk tashishga mo‘ljallangan, Damas Move yo‘lovchi tashish uchun mo‘ljallangan.

Mashinalarning narxi Damas Max Van 1,2 LV0 modelida 134 million 439 ming soʻmdan boshlanadi. Eng qimmat model esa Damas Move Pas 1,5 LV1 boʻlib, uning narxi 154 million 128 ming soʻmni tashkil qiladi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.