Jahon
G‘azo aholisi Ramazonni og‘ir iqtisodiy sharoitda kutib olmoqda
G‘azoda aholi Ramazon oyiga tayyorgarlik ko‘rish uchun bozorga yo‘l oldi. Biroq urush oqibatlari va chuqur iqtisodiy inqiroz muqaddas oy arafasidagi kayfiyatni ancha og‘irlashtirmoqda. Bu haqda Euronews xabar qilmoqda.
Seshanba kuni shaharda odamlar vayronaga aylangan binolar orasida joylashgan ko‘cha rastalarida oziq-ovqat xarid qildi. Savdogarlar non, yong‘oq va quruq mevalar sotar ekan, xaridorlar xarobalarga to‘la ko‘chalar bo‘ylab ehtiyotkorlik bilan harakatlandi.
Mahalliy aholi vakillarining aytishicha, narxlarning keskin oshishi, naqd pul tanqisligi va keng ko‘lamli vayronagarchiliklar Ramazon muhitini oldingi yillardan tubdan farqli qilgan. Ilgari bayramona ruh hukm surgan bo‘lsa, bu safar ko‘pchilik kundalik ehtiyojni ta’minlash tashvishi bilan band.
Ramazon — butun dunyo musulmonlari uchun ro‘za, ibodat va sabr oyidir. Bu yilgi Ramazon esa G‘azoda Isroil va HAMAS o‘rtasida ikki yildan ortiq davom etgan urushdan keyin oktyabr oyida kuchga kirgan mo‘rt sulh fonida qarshi olinmoqda.

Hudud aholisi tinchlik va barqarorlik umidida muqaddas oyga qadam qo‘yar ekan, iqtisodiy qiyinchiliklar ularning kundalik hayotida hanuz sezilmoqda.
Shu o‘rinda tinchlik — har qanday jamiyatning eng katta boyligi va bebaho ne’mati ekanligini unutmasligiz kerakligini yana bit bor eslatmoq joizdir. Urush va notinchlik azobini boshdan kechirayotgan hududlar misolida biz tinch osmon qanchalik ulug‘ ne’mat ekanini yanada chuqurroq anglaymiz. Inson faqat osoyishta muhitda mehnat qiladi, farzand tarbiyalaydi va kelajak haqida ishonch bilan orzu qila oladi.
O‘zbekistonda turli millat va konfessiya vakillari bir oiladek totuv yashab kelayotgani diniy bag‘rikenglikning yorqin namunasidir. Masjidlar, cherkovlar va boshqa ibodat maskanlarining erkin faoliyat yuritayotgani jamiyatdagi o‘zaro hurmat va hamjihatlikdan dalolat beradi. Muqaddas Ramazon oyida mehr-oqibat, saxovat va insonparvarlik qadriyatlari yanada mustahkamlanadi.
Tinchlik bo‘lgan yurtda bozorlar gavjum, maktablar ochiq, bolalar kulgisi yangraydi. Odamlar ertangi kunidan qo‘rqmay, o‘z mehnati va halol rizqi bilan yashaydi. Shunday ekan, tinchlikning qadriga yetish, uni asrash va mustahkamlash har birimizning burchimizdir. Chunki osoyishta hayot — taraqqiyot, farovonlik va baxtli kelajakning eng muhim poydevoridir.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


