Salomatlik

Poliomiyelit O‘zbekistonga ham xavf solishi mumkinmi?

photo 185

Loading

Bu savolga javobni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi berishga harakat qildi.

Qo‘shni mamlakatda tarqalayotgan o‘tkir yuqumli virus O‘zbekistonga ham kirib kelishi mumkinmi? Mamlakatimizda buning oldini olish uchun qanday ishlar amalga oshirilmoqda? SSV Matbuot xizmatining shu kabi savollariga vazirlik huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘lim mudiri Dilorom TURSUNOVA javob berdi.

— Poliomiyelitga qarshi vaksina qilish O‘zbekistonda qachon boshlangan? Emlash tartibi qanday?

— Mamlakatimizda milliy emlash kalendariga 13 turdagi yuqumli kasalliklarga qarshi vaksinalar kiritilgan bo‘lib, poliomiyelit ham shulardan biri hisoblanadi.

Ayni paytda yurtimizda poliomiyelitga qarshi aralash immunizasiya, ya’ni tomchi orqali hamda in’yeksion usulda amalga oshiriladi. Vaksina besh marta: bolalarning 2, 3, 4, 16 oyligida va yetti yoshida qo‘llaniladi. Bolalar 4 oyligida ham tomchi orqali, ham in’yeksion tarzda emlanadi.

Poliomiyelitga qarshi aholi vakillari 5 marta emlanishi hamda vaksinasiyada aralash usuldan foydalanishilishi xavfsizlikni yanada oshiradi.

— Poliomiyelit kasalligi bizga kirib kelmasligi uchun qanday ehtiyot choralari ko‘rilayapti?

— O‘zbekistonda bu kasallik tarqalishini oldini olish uchun doimiy ravishda monitoring olib boriladi. Shuningdek, qo‘shni davlat bilan chegara hududlardan kirib kelayotgan fuqarolarda poliomiyelit kasalligi alomatlari borligini aniqlash chora-tadbirlari to‘liq ko‘rilgan.

Ayni paytda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga mutasaddilarimiz tomonidan O‘zbekistondagi barqaror vaziyatni monitoring qilish hamda poliomiyelit kasalligini oldini olishda hamkorlikda amaliy ishlar olib borish bo‘yicha taklif kiritildi.

Shuningdek, poliomiyelit kasalligi bilan simptomlari bir xil bo‘lgan o‘tkir bo‘shashgan shol kasalligiga chalingan bemorlar qayta laborator tahlillardan o‘tkazilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.