Mashhurlar
Qochib ketgan kelin, to‘satdan vafot etgan sozanda: xonanda Xurshid Rasulov to‘ylarda bo‘lib o‘tgan ko‘ngilsiz holatlar haqida gapirib berdi
Xonanda Xurshid Rasulov to‘ylarda bo‘lib o‘tgan ko‘ngilsiz holatlar haqida “IntervyuTV” YouTube kanalida eʼlon qilingan suhbatida maʼlum qildi. Xurshid Rasulovning aytishicha, jamoadagi bir sozanda yigit to‘yga chiqqan vaqtida to‘satdan vafot etib qolgan. Daryo shu asosda maqola tayyorlagan.
Farg‘onaning Quvasoy tumanidan yaxshi sozanda, oliyjanob Ozodbek degan ukamiz bor edi. Uch yil avval, 32 yoshida Qashqadaryoda to‘ydan chiqqanimizda to‘satdan o‘lib qoldi. Ota-onasiga nima deyman, deb o‘sha yerda qon bosimim oshib ketdi. Keyinroq doktorlar ukamizning “Yuragining mazasi yo‘q ekan” deb aytishgandi, dedi xonanda.
Xonandaning eslashicha, ijodida “eng yomon, eng sharmandali to‘y” ham bo‘lgan.
To‘y bo‘lmagan, desak ham bo‘laveradi. Bir joyga borib, kelinni kutib o‘tirsak, kelavermadi. Keyin bilsak, kelin qochib ketgan ekan. Kuyov shumshayib keldi.
Uy egalari qo‘shiqni aytaylik, odamlar o‘tirsin, shuncha dasturxon yozib qo‘yilgan, deb to‘yni o‘tkazganmiz, dedi Xurshid Rasulov.
Avvalroq Xurshid Rasulov to‘qsoninchi yillarda “ko‘cha” deb atalgan jinoyatchilar guruhi kuchayib, to‘ylardagi artistlardan pul talab qilishganini haqida ham aytib o‘tgan edi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


