Islom
Yomonlikka yaxshilik bilan javob qaytar
“Albatta, kim (ziyatlarga) sabr qilsa va (Alloh taolo uchun) kechirib yuborsa, albatta, bu puxta ishlardandir”.
Boshqa oyatda: “Yaxshilik bilan yomonlik barobar bo‘lmas. Siz (yomonlikni) go‘zalroq muomala bilan daf eting! (Shunda) birdan siz bilan o‘rtalaringizda adovat bo‘lgan kimsa qaynoq (qalin) do‘stdek bo‘lib qolur. Unga faqat sabrli zotlargina erishurlar, unga faqat ulug‘ nasiba egasigina erishur”, – deyilgan (Fussilat, 34 – 35).
Odam bolasi kamchilik va xatodan holi emas. Agar bizga yomonlik qilganni kechirmasak, o‘zimizga ham kelajakda kechirim bo‘lmay qolishi mumkin. Zero, Payg‘ambar (s. a. v.): “Kim rahm qilmasa, unga rahm qilinmaydi”, – deganlar.
Rivoyat qilinishicha, bir a’robiy Rasulullohning orqalaridan choponlarini qattiq tortib, Allohning mollaridan menga ham ber, deydi qo‘pollik bilan. Rasululloh uning muomalasidan g‘azablanmaydilar, kulib qo‘yadilar va unga biror narsa berib yuborishni tayinlaydilar. So‘fi Olloyor aytganlar: “Otang yerdur, sen ham yerdek qiliq qil. Yomonlik aylaganga yaxshilik qil. Zotan, yomonlikka javoban yaxshilik qilish yomonga eng chiroyli saboqdir. Buning uchun mustahkam iymon, mardlik kerak”.
Ba’zan biz yomon deb bilgan odamlarimizdan uzoqroq yurishga intilamiz. Agar ulardan bizga biror aziyat yetsa, o‘ch olish payida bo‘lamiz. Bu bilan o‘zimiz ham o‘sha yomonlar safida bo‘lib qolishimizni o‘ylamaymiz. Aksincha musulmonga yarashadigani ularga nisbatan sabrli, toqatli, og‘ir va kechirimli bo‘lish ekanligibi unutmaylik.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


