O‘zbekiston

Sanjay ma’muriy javobgarlikka tortildi

photo 186

Loading

Xabaringiz bor, ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Sanjay tahallusi bilan ijod qilayotgan Sanjar Djavberdiyev O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayevning qo‘shiqlari matnini huquq egalarining ruxsatisiz o‘zgartirgan holda ijro etgani sababli Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligiga chaqirtirilgani haqidagi videolar tarqalgan edi.

Sababi, Intellektual mulk agentligi Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotning murojaati asosida S. Djavberdiyev tomonidan she’r muallifi U. Azimov hamda O‘zbekiston halq artisti Sh. Jo‘rayev ijrosidagi «Karvon» nomli qo‘shig‘ini va she’rini asar yaxlitligini buzgan holda mualliflarning roziligisiz ijro etilgan holatlarni aniqlagan hamda Sanjayga nisbatan Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, ma’muriy javobgarlik masalasini ko‘rib chiqish uchun tegishli sudga kiritilgan.

Va, nihoyat, 2021-yil 9-mart kuni Navoiy shahar sudi tomonidan xonanda Sanjar Djavberdiyev (Sanjay)ga nisbatan O‘zR MJtK 177-(1)-moddasi birinchi qismi bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari (669 000 so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlandi, deya xabar berdi Intellektual mulk agentligi.

«Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida»gi Qonunning 62-moddasiga asosan mualliflarning shaxsiy nomulkiy huquqlarini buzish, huquq egasi yoki mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot bilan shartnoma tuzmasdan asarlar yoki turdosh huquqlar ob’yektini takrorlash, tarqatish yoki undan boshqacha tarzda foydalanish mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzish hisoblanadi.

Qonunning tegishli moddalarida muallif huquqlari aniq keltirilgan. Xususan, ijrochilar o‘z huquqlarini ijro etiladigan asarlar mualliflarining huquqlariga rioya etgan holda amalga oshirishlari kerak.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida «cover» ijro tushunchasi kiritilmagan. Xorijiy davlatlarda «cover» ijro mavjud. Bu bo‘yicha taraflar shartnoma asosida faoliyat yuritishadi. Ya’ni o‘zganing asarini cover sifatida ijro qilmoqchi bo‘lgan ijrochi muallifdan ruxsat so‘ragan holda shartnoma tuzishi hamda shartnoma bo‘yicha huquq egasiga mualliflik haqini to‘lashi lozim, deyiladi xabarda.


Foto: Repost.uz

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.