Namoz vaqtlari
“Kim bir qarich yerda birovning haqini nohaq olsa, u yer qiyomat kuni bo‘yniga tog‘day osiladi” – Rasululloh (s. a. v.)
Bugun qalbimni ezayotgan, ko‘nglimni bezovta qilayotgan og‘ir bir masala haqida gapirmoqchiman. Bu — yer talashish, qo‘shni bilan chiqishmaslik, nohaq birovning yeriga ko‘z olaytirish, hatto uni egallab olish kabi illatlar haqida.
Alloh taolo Qur’oni karimda deydi: “Zolimlar har doim ziyon ko‘rguvchidir” (An’am surasi, 45-oyat). Zolim degani — birovning haqiga ko‘z tikkan, u rozi bo‘lmagan narsani tortib olgan, bosib olgan, qiynagan inson. Yer esa — bu dunyodagi eng muqaddas ne’matlardan biridir. Unda biz yashaymiz, uni ekip rizq-ro‘zimizni topamiz, farzandlarimizni voyaga yetkazamiz.
Lekin afsuski, bugun ba’zilar o‘z nafsiga erk berib, qo‘shnisining yeriga ega chiqmoqchi bo‘ladi. “Qarich yer, baraka bilan o‘lchanadi” deganlar. Halol bo‘lmagan yer — yomon oqibat keltiradi. Uning ustida baraka bo‘lmaydi, farzand kamol topmaydi, ro‘zg‘ori butun bo’lmaydi.
Rasululloh (s. a. v.) marhamat qilganlar: “Kim bir qarich yerda birovning haqini nohaq olsa, u yer qiyomat kuni bo‘yniga tog‘day osiladi” (Buxoriy rivoyati).
Endi ayting-chi, bunday dahshatli oqibatga loyiq bo‘lishni xohlarmidi bir musulmon banda?
Yana bir og‘riqli masala — yo‘l haqlari. Har bir inson o‘z yeriga erkin kirib-chiqish huquqiga ega. Kimki birovning yo‘lini to‘sadi, u nafaqat qonun, balki din oldida ham javobgar bo‘ladi. Bu hayotda yo‘lni to‘sish — rizqni, najotni to‘sish bilan barobar. Kimki yo‘l berar ekan, go‘yo do‘stlikka, mehr-oqibatga, savobga yo‘l ochadi.
Azizlar! Keling, qalblarimizni tozalaylik. Kim biladi, ertaga o‘sha bir qarich yerni olib ko‘nglini og‘ritgan qo‘shningiz sizga janoza o‘qir, siz uchun haqqingizga. duo qilar. Uning ko‘z yoshlari bizni narigi dunyoda qiynamasin. Har bir qarorimizda halollik, har bir qadamingizda sabr va adolat bo‘lsin.
Qani, keling, yerda emas — qalbda chegarani belgilaylik. Yer ustida emas — imon asosida yashaylik. Yangi avlodga bizdan adolat, halollik va mehr qolib ketsin.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


