Buxoro yangiliklari

Buxoroda hindistonlik shifokorlar ishtirokida bepul onkologik ko‘riklar o‘tkazildi

pic
Foto: Buxoro viloyati SSB

Loading

Buxoro viloyatida aholi salomatligini mustahkamlash maqsadida hindistonlik tajribali mutaxassislar ishtirokida kecha, 20mart kuni bepul onkologik ko‘rik va konsultatsiyalar o‘tkazildi. Tadbir 1 kun davom etdi va fuqarolar uchun muhim tibbiy imkoniyat yaratdi.

Mazkur tashabbus “LECHENIYE V INDII” MChJ tomonidan tashkil etildi. Hindistondan tashrif buyurgan yuqori malakali onkolog, radioterapevt hamda umurtqa pog‘onasi jarrohlari belgilangan tibbiyot muassasalarida bemorlarni qabul qildi. Qisqa vaqt ichida ko‘plab fuqarolar mutaxassislar maslahatidan foydalanishga muvaffaq bo‘ldi.

Umurtqa pog‘onasi kasalliklari yo‘nalishida 11 yillik tajribaga ega jarroh Dr. Jitesh Manghwani viloyat diagnostika markazida qabul o‘tkazdi. Qomat buzilishlari, disk churrasi, surunkali bel va bo‘yin og‘riqlari hamda umurtqa bilan bog‘liq o‘smalar bo‘yicha individual maslahatlar berildi.

Onkologik kasalliklar bo‘yicha esa 20 yildan ortiq tajribaga ega onkolog-radioterapevt Dr. Rajender Kumar viloyat onkologiya markazida bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazdi. Turli o‘smalar va murakkab klinik holatlar yuzasidan bepul tavsiyalar taqdim etildi, davolashning zamonaviy usullari haqida ma’lumot berildi.

Tadbir doirasida mahalliy shifokorlar uchun ham mahorat darslari va qisqa seminarlar tashkil etildi. Xorijiy tajriba almashinuvi hududdagi tibbiy xizmat sifatini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Mutaxassislar yana bir bor eslatdi: onkologik kasalliklarda eng muhim omil — erta tashxis va o‘z vaqtida murojaat qilishdir. Buxoro shahridagi Diagnostika markazida tashkil etilgan bepul ko‘riklar ko‘plab fuqarolar uchun aynan shu imkoniyatni taqdim etdi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.