Buxoro yangiliklari
Buxoroda ota o‘z o‘g‘liga terrorizmni moliyalashtirishga yordam bergan (video)
Terrorizmga ko‘mak: Buxoroda o‘g‘lining jinoiy faoliyatini moliyalashtirgan ota 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi
Bugungi kunda xalqaro terroristik tashkilotlar ijtimoiy tarmoqlar orqali “mazlumlarga yordam” yoki “soxta xayriya” niqobi ostida o‘z faoliyatlarini moliyalashtirish maqsadida pul yig‘ishmoqda. Achinarlisi, diniy savodxonligi yetarli bo‘lmagan yoshlar bu tuzoqlarga tushib, nafaqat o‘zlarini, balki yaqin qarindoshlarini ham jinoyat ko‘chasiga olib kirmoqda.
Yot g‘oyalar asiriga aylangan o‘g‘il
Buxoro shahrida yashovchi, 1999-yilda tug‘ilgan fuqaro yot g‘oyalar ta’sirida 2019-yilda Suriya davlatidagi “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik tashkiloti safiga borib qo‘shilgan. U jangarilar safida faoliyat olib borish bilan birga, ijtimoiy tarmoqlar orqali terroristik tashkilotning moliyaviy ta’minotini yaxshilashga ko‘maklashgan.

Kriptovalyuta orqali moliyalashtirish
2021-2025-yillar davomida ushbu shaxs internet orqali O‘zbekiston fuqarolarini kriptovalyuta ko‘rinishida pul mablag‘lari yuborishga da’vat qilib, katta miqdorda pul yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan.
- Hozirda uning aldovlariga uchib pul yuborgan 8 nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 155³-moddasi (terrorizmni moliyalashtirish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyatga jalb etilgan ota
Mazkur shaxs o‘zining qabih ishlariga Buxoro shahrida istiqomat qiluvchi, 1965-yilda tug‘ilgan otasini ham jalb qilgan. Ota esa o‘g‘lining aytganlarini so‘zsiz bajargan:
- 2022-2025-yillar davomida ota “BINANCE” xalqaro kripto-birjasi orqali jami 13 597 USDT kriptovalyutasini o‘g‘liga yuborgan.
Suiiste’mol qilingan insonparvarlik
Buxoroisharif.uz ma’lumotlariga ko‘ra, ota muqaddam diniy ekstremistik materiallarni tarqatganligi uchun 2019-yilda Jinoyat kodeksining 244¹-moddasi bilan 5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Keyinroq sud ajrimi bilan shartli ravishda ozod qilingan bo‘lsa-da, u ko‘rsatilgan insonparvarlikning qadriga yetmay, bildirilgan ishonchni suiiste’mol qildi.

Sud hukmi va jazo muqarrarligi
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida uning harakatlariga chek qo‘yildi.
- Ota: Buxoro shahar sudining hukmi bilan Jinoyat kodeksining 155³-moddasi 2-qismi “a” bandi va 278⁸-moddasi 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, 10 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
- O‘g‘il: Jinoyat kodeksining 244¹, 244², 155², 155³-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi sababli unga nisbatan qidiruv e’lon qilindi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


