Islom
Alloh Jannatda odamga shakl bergach, jon kiritishidan oldin uni O‘zi xohlaganicha bir muddat tashlab qo‘ydi…
Tortishuv, xusumatlar vaqtida shayton insonni g‘azab va nafratini sochishga undaydi. Shu yo‘l bilan uni egallab olish, o‘z izmiga solishga intiladi. Iblis buni Odam alayhissalom va uning avlodlarida azaldan tajriba qilib kelgan.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Alloh Jannatda Odamga shakl bergach, jon kiritishidan oldin uni O‘zi xohlaganicha bir muddat tashlab qo‘ydi. Shunda iblis uning atrofida aylanib, nima ekanligiga qiziqib qaradi, ichi bo‘shligini ko‘rgach, g‘azablanganida o‘zini bosa olmaydigan qilib yaratilganini bildi”.
“O‘zini bosa olmaydigan” jumlasining ma’nolari ko‘p. Shulardan biri g‘azablangan vaqtda kishi o‘zini qo‘lga ololmasligidir. Gʻazabni tiyish, uni boshqalarga sochmaslik bilan shaytonning makrini qaytarish Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlaridandir.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kuchli odam kurashda yutgan emas, g‘azablanganida o‘zini bosib olgan kishidir”, dedilar.
Alloh Taolo g‘azabini bosuvchi kishilarning ajrini ko‘paytirib beradi. Bu haqida Qur’oni karimda Alloh taolo marhamat qiladi: “Robbingiz tomonidan bo‘lguvchi mag‘firatga hamda taqvodorlar uchun tayyorlab qo‘yilgan eni osmonlaru yer barobarida bo‘lgan Jannatga shoshilingiz. U taqvodor zotlar yaxshi-yomon kunlarda infoq-ehson qiladigan, g‘azablarini ichlariga yutadigan, odamlarning xato-kamchiliklarini afv etadigan kishilardir. Alloh bunday yaxshilik qiluvchilarni sevadi” (Oli Imron surasi, 133-134-oyatlar).
Bu sunnatga amal qilish dunyoda xotirjamlik, oxiratda esa go‘zal oqibat garovidir.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


