Buxoro yangiliklari

Buxoroda SSB boshlig‘i shifoxonada davolanayotgan bemorga nega tashakkurnoma berdi?

pic
Foto: Buxoro viloyati SSB

Loading

Kuni kecha Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Elyor Oltiyev yo‘l-transport hodisasi oqibatida jarohat olib, ayni paytda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali jarrohlik bo‘limida davolanayotgan kichik tibbiyot xodimidan xabar oldi.

Tashrif davomida bemorning salomatligi, unga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifati hamda davolanish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi. Shifokorlar bilan muloqot chog‘ida bemorning davolanishi nazorat ostida ekani ta’kidlanib, mutaxassislar tomonidan zarur tibbiy muolajalar olib borilayotgani qayd etildi.

SSB boshlig‘i bilan birga tashrif buyurgan mutasaddilar jarohat olgan tibbiyot xodimiga tezroq sog‘ayib, yana o‘z kasbiy faoliyatiga qaytishini tiladi. Shuningdek, uning sog‘lig‘ini tiklash jarayoni doimiy e’tiborda bo‘lishi alohida qayd etildi.

Qayd etish kerak-ki, tibbiyot sohasi fidoyi va jonkuyar mutaxassislarning mashaqqatli mehnati bilan rivojlanadi. Inson salomatligini asrash yo‘lida beminnat, hech qanday noqonuniy harakatlarsiz xizmat qilayotgan tibbiyot xodimlarining mehnati esa jamiyatda doimo yuksak qadrlanadi. Zero, har bir shifokor Gippokrat qasamyodiga sodiq qolib mehnat qilishi kerak.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.