Buxoro yangiliklari

Buxoroda bayram: forma kiygan ayollarga ehtirom va e’tirof

pic
Foto: Buxoro viloyati IIB

Loading

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida ayol xodimalarga bag‘ishlangan tantanali tadbir tashkil etildi. Bayramona muhit boshqarma binosiga kirgan zahoti sezilib turardi — ko‘tarinki kayfiyat, tabriklar va samimiy e’tibor har bir ishtirokchining chehrasida aks etdi.

Tadbirga tashrif buyurgan ayollar boshqarma yo‘lagida o‘zgacha ehtirom bilan kutib olindi. Yo‘lakning ikki tomonida saf tortgan akademik litsey o‘quvchilari va yosh xodimlar ularga hurmat bajo keltirib, bahoriy gullar hadya etishdi. Bu manzara bayramning ilk daqiqalaridayoq ayol xodimalarga alohida e’tibor qaratilganini ko‘rsatdi.

pic 02

Tantanali qism ortda qolgan yil sarhisobiga bag‘ishlangan videorolik namoyishi bilan boshlandi. Shundan so‘ng viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i barcha xotin-qizlarni bahoriy bayram bilan tabriklab, bugungi Yangi O‘zbekistonda ayolning o‘rni tobora ortib borayotganini ta’kidladi. Ayollar nafaqat oila tayanchi, balki jamiyatdagi islohotlarning faol ishtirokchisi, yosh avlodning ma’naviy tarbiyachisi ekanligi alohida qayd etildi.

Bugungi kunda ichki ishlar tizimida ham ayollarning o‘rni sezilarli. Profilaktika, tergov, jinoyat-qidiruv va yo‘l harakati xavfsizligi kabi yo‘nalishlarda xizmat qilayotgan xotin-qizlar o‘z fidoyiligi va professional yondashuvi bilan jamoada muhim o‘rin egallab kelayotgani ta’kidlandi. Ayollar bor joyda jamoada ham fayz, ham baraka bo‘lishi alohida e’tirof etildi.

Tadbir davomida xizmat vazifalarini sidqidildan bajarib, yuqori natijalarga erishib kelayotgan bir guruh xodimalar mukofotlandi. Ularga esdalik sovg‘alari hamda rag‘batlantiruvchi mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.

Tadbirning badiiy qismi ham yig‘ilganlarga unutilmas taassurot qoldirdi. “Ichki ishlar xodimining ayoli” nomli ta’sirchan qo‘shiq ijrosi ko‘pchilikni hayajonga soldi. Xodimlar tomonidan o‘qilgan she’rlar esa bayramona kayfiyatni yanada oshirdi.

pic 03

Tantanali uchrashuv yakunida barcha ishtirokchilar esdalik suratiga tushib, bayram kayfiyatini yana bir bor baham ko‘rishdi. Bayram ayollarga bo‘lgan hurmat va e’tibor, ularning xizmatdagi o‘rni va fidoyiligiga bildirilgan e’tirof bilan esda qolarli bo‘ldi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.