Islom
Agar senda to‘rt xislat bo‘lsa, dunyoning qolganini yo‘qotsang ham zarari yo‘q…
Har bir ota ona farzandining baxtli, oqil, yaxshi inson bo‘lishini istaydi.Farzandi uchun xamma narsaga qodir bo‘ladi. U birovlardan kam bo‘lmasligini, qorni to‘q, usti but, yaxshi kasb egasi bo‘lishini, tengi bilan turmush qurishini, uyli-joyli, farzandidan solix zurriyotlar kelishini istaydi va barcha ezguliklarni orzu qiladi. Bunday orzularni ro‘yobga chiqishiga o‘zi sababchi ekanini his qilmaydi. Zero, hadisi sharifda aytilganidek: “Ota o‘z farzandiga go‘zal xulqdan yaxshirok narsani meros qoldira olmas”,-deyilgan.
Hozirgi kunda ota-onalar dasturxon atrofida dinimiz ko‘rsatmalaridan, salomlashish, so‘zlashish, ovqatlanish, ko‘chada yurish, o‘zidan kattaga hurmat, aka-uka, opa-singil, mehr-oqibat, halol-harom, yolg‘on va to‘g‘rilik odoblari haqida pandu nasihat qilib va o‘zlari ularga o‘rnak bo‘lib amalda ko‘rsatsalar farzandlari ular uylaganlaridek yaxshi inson bo‘lishi muqarrar.
Aksi bo‘lsachi, birov so‘rab kelsa bolam dadam uyda yo‘q deb ayt, yo farzandimizga kitob o‘qi desak o‘zimiz kunimizni televizor ko‘rish va boshqa behuda telefonda vaqtimizni o‘tkazsak. Qanday ibrat bo‘lamiz?…
Hayotiy bir misolni keltirmoqchiman: Ota ikki farzandi bilan avtobusga chiqdi, biri 3 yoshda ikkinchisi 7 yoshda. Avtobus o‘rindig‘iga o‘tirganlarida chiptachi kelib, yo‘l kirani to‘lashlarini so‘radi. Shunda ota chiptachiga ikki kishilik chipta berishini so‘rab pul berdi. Chiptachi “Farzandingizni yoshi oltida deb bitta chipta olsangiz qayerdan bilaman uning yoshi oltimi, yettidami?”, – deb kulimsirab qo‘ydi. Ota “Axir siz bilmasangiz farzandim o‘zini yoshini yaxshi biladiku, hozirdan arzimagan pul deb bolamni yolg‘onga o‘rgatsam, erta ulg‘ayib bir kasb egasi bo‘lsa pul, davlat, boylik deb qancha-qancha yolg‘onlar to‘qiydi va aldaydi…”, – deb javob bergan.
Ha azizlar, Payg‘ambarimiz s. a. v. ning muborak hadislari bor: “Agar senda to‘rt xislat bo‘lsa dunyoning qolganini yo‘qotsang ham zarari yo‘q, ular omonatni saqlash, rostgo‘y bo‘lish, chiroyli xulkq odob va halol luqma yeyish”, – dedilar. Biz ota-onalar farzandlarimizga ilm va amal bilan yaxshi tarbiya berib bilsak ikki dunyo saodatiga erishamiz. Farzandlarimiz oqil va halol insonlar bo‘lishini nasib etsin!
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


