Buxoro yangiliklari
Jondor tumanida xazon yoqqanlar jazolandi
Atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha reyd tadbirlari o‘tkazildi. Unda atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya qilmagan fuqarolar aniqlanib, ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 88-moddasi 3-qismi bilan jarimaga tortildi.
Reyd davomida Jondor tumanida yashovchi 3 nafar fuqaro dala hududida o‘simlik qoldiqlarini yoqib yuborganligi aniqlanib, huquqbuzarlarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rildi.

Ma’lum qilinishicha, o‘simlik qoldiqlari va xazonni yoqish natijasida atmosfera havosiga katta miqdorda zaharli moddalar — uglerod oksidi (CO), azot oksidlari (NOx), azot dioksidi (NO₂), benz(a)piren, dioksin, dibenzofuran, oltingugurt oksidi, fosgen kabi inson salomatligi uchun xavfli birikmalar ajralib chiqadi. Bundan tashqari, yong‘in oqibatida yuzaga keladigan yuqori harorat tuproq tarkibidagi muhim makro va mikroelementlarning yo‘qolishiga olib kelib, yer unumdorligini pasaytiradi hamda ekin maydonlarining bonitet balliga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, dala va aholi punktlarida ang‘iz, xazon, shox-shabba hamda boshqa o‘simlik qoldiqlarini yoqish natijasida atmosfera havosi ifloslantirilsa, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 88-moddasi 3-qismiga muvofiq fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan 5 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima qo‘llaniladi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


