O‘zbekiston
«Uzbekistan airways» dan «innovatsiya»
2021-yilning 28-martidan “Uzbekistan airways” AJ o‘zining O‘zbekiston-Istanbul/Dubay/Sharja va orqaga qaytish yo‘nalishlaridan tashqari barcha yo‘nalishlarda “Piece Concept” (bagajlar soniga ko‘ra) tartibi bo‘yicha olib o‘tiladigan bagaj me’yorlarini kiritmoqda. Shunga ko‘ra “Piece Concept” olib o‘tiladigan bagaj me’yorlari amal qiladi:
- Xizmat ko‘rsatishning biznes klassi – uch o‘lchov summasi bo‘yicha 32 kg dan oshmagan va gabariti 158 sm dan oshmagan og‘irlikdagi 1 ro‘yxatga olingan bagaj, (INF) o‘rni berilmagan chaqaloq uchun uch o‘lchov summasi bo‘yicha 10 kg dan oshmagan va gabariti 115 sm dan oshmagan 1 ro‘yxatga olingan bagaj;
- Xizmat ko‘rsatishning ekonom klassi – uch o‘lchov summasi bo‘yicha 23 kg dan oshmagan va gabariti 158 sm dan oshmagan og‘irlikdagi 1 ro‘yxatga olingan bagaj, (INF) o‘rni berilmagan chaqaloq uchun uch o‘lchov summasi bo‘yicha 10 kg dan oshmagan va gabariti 115 sm dan oshmagan 1 ro‘yxatga olingan bagaj;
- Ekonom klassi uchun qo‘l yuki – 1 bagaj uchun 8 kg, biznes klassi uchun – 1 bagaj uchun 10 kg. Qo‘l yuki o‘lchami uch o‘lchov summasi bo‘yicha 115 sm dan oshmasligi lozim.
Istisno holatlar:
- O‘zbekiston – Istanbul/Dubay/Sharja va orqaga qaytish yo‘nalishlarida olib o‘tiladigan bagaj me’yori “Weight Concept” tartibi bo‘yicha amal qiladi. Shu bilan birga Istanbul/Dubay/Sharjaga/dan bo‘lgan o‘tuvchi xalqaro yo‘nalishlarda olib o‘tiladigan bagaj me’yori PC bo‘yicha qo‘llaniladi (istisno O‘zbekistonning shaharlariga/dan – Istanbul/Dubay/Sharja va orqaga qaytish o‘tuvchi yo‘nalishlarida olib o‘tiladigan bagaj me’yori “Weight Concept” tartibi bo‘yicha qo‘llaniladi);
- Nyu-York va Pekin uchun olib o‘tiladigan bagaj me’yori o‘zgarishlarsiz qoladi (istisno Toshkent – Nyu-York va orqaga qaytish yo‘nalishida 2021-yil 28-martdan sotuv uchun qaytarilmaslik sharti bilan ekonom klassi tariflari bo‘yicha 23 kgdan ortiq bo‘lmagan 1PC olib o‘tiladigan bagaj me’yori belgilanadi).
Bu deganiki,
Piece Concept – chiptada ko‘rsatilgan yuk og‘irligi 20 kg, lekin u ikkiga bo‘lingan bo‘lsa (2 ta alohida paketda), ikkinchisi uchun alohida haq to‘lanadi;
Weight Concept – chiptada ko‘rsatilgan yuk og‘irligi 20 kg dan ortiq har 1 kg uchun aviakompaniya belgilagan tariflar bo‘yicha haq to‘lanadi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi