Hodisalar

Qorovulbozor tumanida noqonuniy qurol saqlaganlar aniqlandi

pic
Foto: Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi

Loading

Buxoro viloyatida noqonuniy qurol-aslaha va portlovchi moddalar muomalasiga qarshi kurash kuchaytirilmoqda. Bojxona boshqarmasining kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan olib borilayotgan tezkor tadbirlar doirasida navbatdagi qonunbuzarlik holatiga chek qo‘yildi.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘tkazilgan tadbirlar davomida 2 nafar fuqaro tomonidan ruxsatsiz ravishda ov qurollari hamda porox saqlab kelinayotgani aniqlangan. Xususan, Qorovulbozor tumanida viloyat bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi va ichki ishlar organlari hamkorligida fuqaro R.B. ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilgan.

Tekshiruv jarayonida hech qanday ruxsat hujjatlarisiz saqlanayotgan 1954-yilda ishlab chiqarilgan TOZ-20 va 1956-yilda ishlab chiqarilgan TOZ-16 rusumli ov qurollari, shuningdek, 30 dona jangovar patronlar borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda hamda tegishli tartibda huquqiy baho berish choralari ko‘rilmoqda.

Mutasaddilar eslatishicha, respublika hududida qurol-aslaha, o‘q-dorilar va portlovchi moddalarni noqonuniy tayyorlash, saqlash yoki sotish qat’iyan man etiladi. Bunday harakatlar Jinoyat kodeksiga muvofiq jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Shu bois fuqarolardan qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish, shubhali holatlarga duch kelganda esa tegishli idoralarga xabar berish so‘ralmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.