Buxoro yangiliklari

Hamshira – 2026: “Gor bolnitsa”da eng namunali tibbiyot xodimini aniqlashdi

pic
Foto: RSHTYIM Buxoro filiali

Loading

RSHTYIM Buxoro filialida hamshiralar o‘rtasida “Hamshira – 2026” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlov tasdiqlangan nizom asosida tashkil etilib, unda ishtirokchilarning kasbiy mahorati va bilim darajasi sinovdan o‘tkazildi.

Ko‘rik-tanlov davomida hamshiralar bemorlarni qabul qilish, ularning holatini aniqlash, tezkor va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy bilimlar bo‘yicha baholandi. Ishtirokchilarning chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan 5 ballik tizim asosida baholab borildi.

Tanlov jarayoni yuqori saviyada, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida o‘tkazildi. Hakamlar hay’ati har bir ishtirokchining chiqishiga alohida e’tibor qaratib, berilgan javoblarni chuqur tahlil qildi.

Yakunda “Bolalar reanimatsiyasi” bo‘limi hamshirasi Maqsuda Ibodova eng yuqori ball to‘plab, 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 2-o‘rin kardioxirurgiya bo‘limi hamshirasi Marjona Qahramonovaga, 3-o‘rin esa 1-shoshilinch xirurgiya bo‘limi hamshirasi Maftuna Shukurovaga nasib etdi.

G‘olib va ishtirokchilar markaz ma’muriyati hamda kasaba uyushmasi tomonidan faxriy diplomlar, esdalik sovg‘alari va guldastalar bilan taqdirlandi.

Mazkur tanlov tibbiyot xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirish, ularning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Shuningdek, bu kabi ko‘rik-tanlovlar hamshiralar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirib, xizmat sifatini yanada yaxshilashga turtki beradi.

Tanlov g‘olibi endilikda viloyat bosqichida o‘tkaziladigan musobaqada ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Bu esa uning professional faoliyatida yangi yutuqlar sari yo‘l ochishi kutilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.