Jahon
Turkiyaning eng bo‘yi baland mashhur aktrisalari
Aktrisalarda mahorat bilan birga tashqi ko‘rinish, qad-qomat hamda uzun bo‘y ham alohida ahamiyatga ega. Turk yulduzlari orasida esa bu kabi talabga javob beradigan aktrisalar talaygina. Shuning uchun ham ular ilk faoliyatini modellikdan boshlagan.
Xande Erchel, 175 santimetr
Xande nafaqat Turkiya, balki dunyo bo‘ylab muxlislar ko‘nglini zabt etayotgan aktrisalar qatorida joy olmoqda. U o‘zbek tomoshabinlariga «Malikam, endi qara» hamda «Gunesh qizlari» seriali orqali tanish. Shuningdek, Xande ko‘plab reklamalarda ishtirok etadi va jahon kosmetika brendining yuzi hisoblanadi.
Fahriye Evjen, 173 santimetr
Fahriyening dunyo miqyosidagi mashhurligi uning Burak O‘zchivit bilan «Choli qushi» serialidagi roli bo‘ldi. Aktrisani film va seriallarga suratga tushishidan tashqari bir necha kosmetik vositalar reklamasida ko‘rish mumkin.
Hazal Feliz, 172 santimetr
Hazal karyerasini jurnallar uchun suratga tushadigan model sifatida boshlagan. U «Sevgi iztirobi» filmidan so‘ng chinakam mashhurlikka erishdi.
Maryam Uzerli, 173 santimetr
«Muhtasham yuz yil» seriali namoyishidan so‘ng aktrisani tanimaydigan insonning o‘zi qolmadi. Aktrisa keyinchalik boshqa filmlarda va chet el bilan hamkorlikda ishlashni ham yo‘lga qo‘ygan.
Jansu Melis Karakum, 182 santimetr
Jansu 2014-yil «Turkiyaning eng yaxshi modeli» unvoniga sazovor bo‘lgan.
Berguzar Korel, 180 santimetr
Aktrisa «1001 kecha» serialidagi roli uchun «Oltin kapalak» mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Sezgi Sena Akay, 181 santimetr
Sezgi ko‘p yillar mobaynida sport bilan shug‘ullangan. U professional voleybolchi. 2012-yilda «Turkiyaning eng yaxshi modeli» hamda «Dunyoning eng yaxshi modeli» unvonini qo‘lga kiritgan.
Selma Ergech, 178 santimetr
Selmaning karyerasi ta’sirchan rollarga boy. Ammo u ham ko‘proq «Muhtasham yuz yil» serialidan keyin dunyo miqyosida mashhurlikka erishdi.
Birche Akalay, 178 santimetr
Birche ham «Turkiya go‘zali» tanlovida ishtirok etib, uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan. Tanlovdan so‘ng unga sport dasturida ishlash taklifini bildirishgan. Shundan so‘ng jurnallar reklamasi ham «Taqdir» filmida ilk debyutini ijro etgan.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi