Buxoro yangiliklari

Guli Shayx Murodova BDU da tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashdi

photo 03 24

Loading

Ishbilarmon, xayr-sahovat va mehr-muruvvat elchisi, ta`lim va ma`rifat homiysi, rassom, badiiy dizayner, asli Samarqand shahrida tug’ilgan ayni vaqtda Buyuk Britaniyaning konservativ partiyasi a’zosi Lordlar palatasining a’zosi Muhammad Iltafning rafiqasi Guli Shayx Murodovaning Buxoro davlat universitetiga tashrif buyudi.

Guli Shayx Murodovani Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov kutib oldi. Talabalar, professor-o’qituvchilar bilan o’tgan uchrashuvda Yetakchi ayollar birlashmasi nodavlat tashkiloti asoschisi Guli Shayx Murodova yoshlar iste’dodini yuzaga chiqarish, ta`lim sohasidagi qator istiqbolli loyihalarda hamkorlik qilish, xotin-qizlar, gender tengligini ta`minlash, ayollar qonuniy haq-huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, zo’ravonlik, ayollar kamsilitishining har qanday ko’rinishiga qarshi kurashish, ilm ma`rifatni kuchaytirish doirasida tashabbuslarini ilgari surdi.

Uchrashuvda shuningdek, Buxoro viloyati xalq ta`limi boshqarmasi boshlig‘i Dilfuza Mustafayeva, BDU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor O. Qahhorov, BDU Xotin-qizlar qo’mitasi raisi O. Adizova, Xorijiy tillar fakulteti dekani M. Jo’rayeva va boshqalar qatnashdilar.

[metaslider id=1839 cssclass=»»]

Uchrashuvda universitet talabalari tomonidan Guli Shayx Muradovaga ta`lim olgan oliy ta`lim muassasalari, ish faoliyatlari, hayriya fondlari to’g’risida savol berib batafsil javob olishdi. Guli Shayx Muradova bilan o’tgan uchrashuv universitet talabalariga ulkan motivatsiya berdi deb o’ylaymiz, -deya xabar bermoqda BDU Matbuot xizmati.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.