Buxoro yangiliklari

Buxoroda kuchli yer silkinishi sezildi, zilzila Afg‘onistonda sodir bo‘ldi

pic
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Bugun, 3-aprel kuni soat 21:12 atrofida Afg‘oniston hududida zilzila qayd etildi va uning ta’siri O‘zbekistonning ayrim hududlarida, jumladan Buxoroda ham sezildi.

Buxoroisharif.uz ga taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, zilzilaning epitsentri Badaxshon hududida joylashgan bo‘lib, uning magnitudasi 6 ball, chuqurligi esa 207 kmni tashkil etdi.

Mutaxassislar ma’lumotiga ko‘ra, yer silkinishi Toshkentdan 526 km janubiy-sharqda sodir bo‘lgan.

O‘zbekiston hududida zilzila kuchi hududlarga qarab 2–3 ball atrofida sezilgan.

Xususan, Surxandaryo viloyatida 3 ball, Farg‘ona, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Andijon, Namangan, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida 2–3 ball darajasida sezildi.

Buxoro viloyatida ham soat 21:15 atrofida yengil yer silkinishi kuzatilib, aholi tomonidan sezilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila oqibatida talafotlar yoki jiddiy zararlar qayd etilmagan.

Mutaxassislar bunday holatlarda xotirjamlikni saqlash va rasmiy manbalar axborotiga amal qilish zarurligini ta’kidlashmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.