Buxoro yangiliklari
Olot tumanida kontrafakt dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi tezkor vakillari tomonidan iste’molga yaroqsiz hamda sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.
Mazkur tezkor tadbir Olot tumani IIB hamda IJQKD xodimlari bilan hamkorlikda tashkil etilib, noqonuniy yo‘llar orqali dori vositalarini olib kirish, saqlash va realizatsiya qilish holatlarining oldini olishga qaratildi.
O‘tkazilgan tadbir davomida, oldindan olingan tezkor ma’lumotlar asosida fuqaro o‘z yashash xonadonida 8 turdagi sifati kafolatlanmagan dori vositalarini noqonuniy savdo qilayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi.
Shuningdek, mazkur fuqaroning yashash manzilida yashirin tarzda tashkil etilgan noqonuniy dorixona ko‘zdan kechirilganda, umumiy qiymati 116 million so‘mlik 155 turdagi, jami 7457 dona kontrafakt dori vositalari savdo maqsadida saqlanayotgani aniqlandi.

Bundan tashqari, yana bir holatda Olot tumanida faoliyat yurituvchi dorixonalardan birida farmatsevt xodim tomonidan 3 quti (30 dona konvalyuta) dori vositalari retseptsiz savdo qilinayotgan vaqtda to‘xtatildi.
Keyingi o‘rganishlar jarayonida ushbu dorixonaning savdo rastalari va omborxonasida umumiy qiymati 20 million so‘mdan ortiq bo‘lgan 48 turdagi 108 quti sifati kafolatlanmagan tibbiyot buyumlari va dori vositalari mavjudligi fosh etildi.
Hozirda har ikkala holat yuzasidan tegishli protsessual hujjatlar rasmiylashtirilgan bo‘lib, bojxona organlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, kontrafakt dori vositalari inson salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘diradi va ularni iste’mol qilish og‘ir salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Shu bois, aholiga faqat rasmiy dorixonalardan va shifokor tavsiyasi asosida dori vositalarini xarid qilish tavsiya etiladi, chunki bu sog‘liqni saqlash uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Bunday holatlarning oldini olish maqsadida nazorat tadbirlari muntazam davom ettirilib, fuqarolardan shubhali dori savdosi holatlari yuzasidan tegishli idoralarga murojaat qilish so‘ralmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


