Buxoro yangiliklari
“Gor bolnitsa”da nafas olishda qiynalib qolgan 3 yoshli bola tomog‘idan 1 oy oldin yutib yuborilgan batareyka olib tashlandi
Buxoro shahridagi RSHTYIM filialiga 2023-yilda tug‘ilgan bola shoshilinch ravishda olib kelindi. Onasining aytishicha, so‘nggi 1,5 oy davomida bolada og‘zidan ko‘p miqdorda so‘lak oqishi, ovqat yeya olmaslik hamda tana haroratining ko‘tarilishi kuzatilgan va uning ahvoli tobora og‘irlashib borgan.
Tajribali shifokorlar tomonidan o‘tkazilgan zarur tekshiruvlar natijasida ko‘krak qafasi rentgenografiyasida qizilo‘ngach sohasida metall jism soyasi aniqlangan. Batafsil tahlillar davomida qizilo‘ngachning shilliq va shilliq osti qavatida shikastlanish hamda yallig‘lanish alomatlari borligi ma’lum bo‘lgan.
Zudlik bilan o‘tkazilgan endoskopik amaliyot davomida maxsus “krokodil tishi” tutqichi yordamida yot jism — batareyka ehtiyotkorlik bilan olib tashlandi. Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tkazilib, asoratlarsiz yakunlandi.
Hozirda bemorning ahvoli qoniqarli bo‘lib, u shifokorlar nazorati ostida davolanishni davom ettirmoqda. Bola yaqinlari ushbu murakkab amaliyotni muvaffaqiyatli bajargan RSHTYIM Buxoro filiali jamoasi hamda shifokor Haydarov Avaz Amonovichga chuqur minnatdorlik bildirishmoqda.
Shifokorlar ta’kidlashicha, kichik yoshdagi bolalar ko‘pincha turli yot jismlarni og‘ziga solishi mumkin va bu holat hayot uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Ayniqsa, batareykalar kabi predmetlar organizmga tushganda tezda kimyoviy kuyish va ichki shikastlanishga olib keladi.
Shu bois ota-onalarga bolalarni doimiy nazoratda saqlash, ularning qo‘li yetadigan joyda mayda va xavfli buyumlarni qoldirmaslik tavsiya etiladi. Uy sharoitida xavfsizlik qoidalariga amal qilish bunday noxush holatlarning oldini olishda muhim omil hisoblanadi.
Agar bolada yot jism yutib yuborganlik alomatlari — nafas olishda qiyinchilik, ovqat yeya olmaslik, qusish yoki og‘riq kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat qilish zarur. Vaqtida ko‘rsatilgan tibbiy yordam bolaning hayotini saqlab qolishda hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Mutaxassislar ota-onalarni hushyorlikka chaqirib, bolalar xavfsizligini ta’minlash har bir oilaning ustuvor vazifasi ekanini eslatmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


