Buxoro yangiliklari

Buxoroda faoliyat yuritayorgan sanoat korxonalari nechta? Statqo‘m ma’lumotlarni ochiqladi

pic
Foto: Uzlidep.uz

Loading

Buxoro viloyat Statistika boshqarmasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yil 1-mart holatiga ko‘ra, Buxoro viloyatida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni 3 341 taga yetdi. Mazkur ko‘rsatkich hududda sanoat sohasining izchil rivojlanib borayotganidan dalolat beradi.

Tahlillarga ko‘ra, sanoat korxonalari iqtisodiy faoliyat turlari kesimida turlicha taqsimlangan. Eng katta ulush oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasiga to‘g‘ri kelib, ushbu yo‘nalishda 746 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Bu jami korxonalar sonining 22,3 foizini tashkil etadi.

Shuningdek, boshqa nometal mineral mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘nalishida 529 ta korxona mavjud bo‘lib, ularning ulushi 15,8 foizga teng. To‘qimachilik sanoatida 306 ta korxona faoliyat ko‘rsatib, umumiy ulushning 9,2 foizini tashkil etadi.

Kiyim ishlab chiqarish sohasida ham 308 ta korxona faoliyat yuritmoqda va bu ko‘rsatkich 9,2 foizni tashkil qiladi. Bundan tashqari, mashina va uskunalardan tashqari tayyor metall buyumlar ishlab chiqarish yo‘nalishida 303 ta korxona mavjud bo‘lib, ularning ulushi 9,1 foizga teng.

pic 02

Mutaxassislar fikricha, sanoat korxonalari sonining ortib borishi hududda ishlab chiqarish hajmining kengayishi, yangi ish o‘rinlari yaratilishi hamda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Ayniqsa, mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash va qo‘shimcha qiymat yaratishga qaratilgan loyihalar sanoat rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Kelgusida sanoatni diversifikatsiya qilish, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni yo‘lga qo‘yish hamda eksportbop mahsulotlar hajmini oshirish orqali Buxoro viloyatining iqtisodiy salohiyatini yanada mustahkamlash rejalashtirilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.