Islom
Halol qilingan narsalar orasida Allohni g‘azabini keltiradigan narsa “Taloq”dir
Islom shariati oilani mustahkam saqlashni, muqaddas nikohni har qanday vaziyatga avaylab –asrashni yuqori darajaga qo‘yada. Er-xotinning fe’l atvoridagi xato va kamchiliklar ajrashishlarga sabab bo‘lmasligini uqtiradi.
Hadisi-sharifda: “O‘z ahlingiz bilan ahil yashanglar, men esa ahlim bilan ahil yashagan insonman” deyiladi. Behuda gap-so‘zlarga ishonib, arzimagan narsalardan muammo chiqarib, xotin qo‘yadigan erlar, mojaroni avj oldirib, erlarining g‘azabini qo‘zg‘atib, “Taloq” so‘zini aytishga majbur qiladigan qaysar xotinlar bilsinlar: Bu so‘zdan Allohning arshi larzaga keladi! Afsus, g‘azablanganlarida aqllari ketib, o‘zlarini tul yoki beva qolib, begunoh bolalarini ham tirik yetim qilishlarini o‘ylamaydilar.
Hadisi sharifda: “Halol qilingan narsalar orasida Allohni g‘azabini keltiradigan narsa “Taloq” dir” deyiladi.
Yomon xulqi tufayli, bir-biriga ozor beruvchi xotinlar to‘g‘risida Hadisi sharifda: aytiladi, “Qaysi er o‘z ayolining yomon fe’liga chidab, sabr-qanoat bilan yashasa, unga “Ayub” (a. s.) payg‘ambarga berilgan savob miqdorida ajr mukofot beriladi, qaysi bir xotin o‘z erining yomon xulqiga chidab, sabr-bardosh bilan yashasa unga “Fir’avun”ning xotini “Osiyo ona”mizga beriladigan miqdorda ajr beriladi”.
Yaxshi oila qurib, farovon hayot kechiraman degan ota-onalar hech qachon o‘z burchlarini unutmaydi. Farzandlarini, oila ahlini sevadi, ular o‘rtasida mehr ko‘prigi bo‘ladi. Ostonasi, uyi, oilasini muqaddas biladi, asrab-avaylaydi. Yaxshi oila qurish maqsadida bo‘lgan inson er-xotinlik sha’nini, farzandlarning sha’ni deb biladi, har doim uni ko‘z qorachig‘idek asrashga intiladi. Zero, nomusli onalardan jasoratli, oriyatli farzandlar dunyoga keladi. Hayotdan zavq olib, atrofga kulib boqadi, uy-joyini mehr bilan toza saqlaydi, farzandlarini shunday ham yaxshi ko‘radiki… hatto, oilasini bahtiyor qilish yo‘lida, tashvishlarini-da sevadi, yaxshilik umidi bilan yashaydi.
Oilada tarbiyaviy muhit oqilona yo‘lga qoyilsagina, mamlakat rivojiga ta’sir qiladi. Shu bois ham notinch oilalarga alohida e’tibor qaratishga har birimiz mas’ulmiz.
Davlatimiz har bir oilaga, onalar va bolalar salomatligiga katta e’tibor qaratayotganining boisi ham shunda. Oilalarni mustahkamlash yo‘lidagi sa’yi-harakatlarimizni yanada faollashtiraylik, oilamiz poydevori mustahkam bo‘lsin.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


