Salomatlik
Parishonxotirlikni yengishning eng oddiy va samarali yo‘llari
Bugungi tezkor hayotda ko‘p ishlar orasida chalg‘ib qolish, kichik vazifalarni unutish yoki diqqatni jamlay olmaslik hammada uchraydi. Ammo oddiy tartib, to‘g‘ri odatlar va kichik hayotiy qoidalar yordamida buni ancha yengillashtirish mumkin. Eng muhimi — o‘zingiz uchun qulay tizim yaratib, unga muntazam amal qilish. Quyidagi tavsiyalar aynan shunday tartibni shakllantirishga yordam beradi. Daryo maqolasi shu haqida.
Ish va yashash joyingizda tartib oʻrnating
Yoʻq, bu barcha narsalar tekis taxlangan holda turishi kerak degani emas. Qulaylik va tartib har bir narsani qayerdan topishni bilsangiz va unga yetib borish siz uchun qiyin boʻlmasa paydo boʻladi.
Tez-tez foydalanadigan narsalaringizni odatda qayerga qoʻyishingizga eʼtibor bering. Aynan oʻsha yer ularning doimiy joyi boʻlsin. Masalan, smartfoningizni muzlatkich ustiga qoʻyish sizga qulay boʻlsa, oʻsha yerga gadjet uchun taglik va zaryadlovchi qurilma joylashtiring. Soyabonni esa tez-tez kirish eshigi tutqichiga osasiz, lekin u tushib ketadi. Eshikning oʻziga ilgak mahkamlang, shunda siz uni boshqa yoʻqotmaysiz.
Iloji boricha shablon boʻyicha ish tuting
Masalan, siz tez-tez supermarketga xarid qilish uchun borasiz. Har doim bir xil joyga mashinani qoʻyishga harakat qiling. Agar u band boʻlsa, yoniga. Bu usul mashinangizni qayerda qoldirganingizni unutmaslikka yordam beradi.
Kun tartibini tuzishda ham xuddi shu prinsipdan foydalaning. Har kuni qaysi ishlarni va qanday ketma-ketlikda qilishga tayyor ekaningizni aniqlang. Keyin esa tuzilgan algoritm boʻyicha harakat qiling. Masalan, siz kechqurun ertaga kiyadigan kiyimlaringizni boshqa narsalardan alohida osib qoʻyishga qaror qildingiz. Agar siz buni bir necha hafta davomida ongli ravishda qilsangiz, keyin odat sizga avtomatik ravishda harakat qilishga va unutuvchanlikdan qoʻrqmaslikka imkon beradi.
Roʻyxat tuzib yuring
Ularni doimo koʻz tushadigan joyga qoʻyishni ham oʻylab toping. Masalan, xaridlar roʻyxati, kunlik va haftalik qilinishi kerak boʻlgan yumushlar roʻyxatlarini smartfonning bosh ekraniga chiqarish kerak. Shifokor yozgan dorilar roʻyxatini esa ularni qabul qilish vaqtini ham yozib, dori quti yonida saqlash mumkin.
Yangi tanishlarning ismlari va ular nima bilan shugʻullanishini ham yozib borish kerak. Kechqurun bugun tanishgan odamingizni koʻz oldingizga keltirib, yozuvlarni qayta oʻqing. Bunday holda keyingi muloqotda uning ismini unutish ehtimoli ancha kamayadi.
Ovozli signallardan foydalaning
Har bir smartfonda budilnik va kalendar mavjud. Kerakli ishni unutib qoʻyishdan qoʻrqqan barcha holatlarda qurilma imkoniyatlaridan foydalaning. Masalan, siz dori-darmonlarni maʼlum bir vaqtda qabul qilishingiz kerak. Ammo parishonxotirlik tufayli ishga berilib ketib, bu haqda unutib qoʻyishdan xavotirdasiz. Ovozli signal belgilangan vaqtni oʻtkazib yubormaslikka yordam beradi.
Jismoniy mashqlar bilan shugʻullaning
Hayotiy layfhaklar haqidagi birorta ham maqola bu tavsiyasiz oʻtmaydiganga oʻxshaydi. Bu esa bejizga emas: Xalqaro Mayo klinikasi mutaxassislari muntazam jismoniy mashqlar kayfiyatni va oʻziga boʻlgan ishonchni oshirishini taʼkidlaydi. Shuningdek, ular uyqu sifatini yaxshilaydi, xavotir va bezovtalikni kamaytiradi, stress belgilarini pasaytiradi. Natijada inson ishdan kamroq chalgʻiydi va oʻz vazifalariga yaxshiroq eʼtibor qaratadi, yaʼni parishonxotirlik belgilarini kamaytiradi.
Koʻp vazifalilikdan voz keching
Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, agar inson bir vaqtning oʻzida bir nechta axborot oqimini kuzatsa, diqqatni yoʻqotish holatiga duch kelishi mumkin. Bu esa parishonxotirlikning namoyon boʻlishi sabablaridan biridir. Natijada bir vaqtning oʻzida bir nechta vazifani bajarishga urinayotgan odamlar bitta ishga eʼtibor qaratganlarga qaraganda pastroq samaradorlikka erishadi.
Vazifalarni topshiring
Agar siz o‘ta bandlik tufayli baʼzi ishlarni unutib qoʻysangiz, ularni boshqalarga topshirishga harakat qiling. Albatta, ish joyidagi vazifalarni bunday qilib boʻlmaydi. Ammo uy yumushlarini oilaning barcha aʼzolari oʻrtasida taqsimlash mumkin.
Diqqatingizni talab qiladigan ishlar sonini kamaytirishga yordam beradigan barcha usullardan foydalaning. Bunday yondashuv chalgʻimaslikka, balki haqiqatan ham muhim boʻlgan narsalarga eʼtibor qaratishga yordam beradi. Bu holda unutuvchanlik va diqqatni yoʻqotish sizga kamroq zarar yetkazishi mumkin.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


