Hodisalar
“Prava”dan mahrum bo‘lmaslik yo‘lini o‘rgatgan buxorolik qiz 25 mln so‘m jarimaga tortildi
Buxoroda mashinani “prava”si yo‘qlar nomiga o‘tkazib, qoidalarni buzish mumkinligini aytgan qiz jarimaga tortildi. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati xabar berdi.
“12 ballik jarimaga tushib, ‘prava’ngizdan ‘lishat’ bo‘lmasligingizning eng zo‘r yo‘li — mashinangiz ‘prava’si bo‘lmagan odamning nomida bo‘lishi ekan. Mening ham mashinam singlimning nomida, singlimning ‘prava’si yo‘q. Men qancha jarimaga tushaversam, singlimning nomiga jarimalar boraveradi. Unga ball yig‘iladi, ammo mening ‘prava’m o‘zimda turaveradi, qancha ‘shtraf’ga tushsam ham. Ko‘rdingizmi qanaqa ‘umniy’ kallaman. Shuning uchun mashinalaringizni tez ‘prava’si yo‘q qarindoshlaringizning nomiga o‘tkazib qo‘ying”, degan edi u Instagram sahifasiga joylagan videoda.
Mazkur holat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan tegishli tartibda o‘rganilib, huquqbuzar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 201-1-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. To‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudida mazmunan ko‘rildi.
M. A. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 201-1-moddasi (qonunchilik hujjatlarini bajarmaslikka yoki buzishga omma oldida daʼvat qilish) bilan nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi va unga shu modda bilan bazaviy hisoblash miqdorining 60 baravari, ya’ni 24 720 000 so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlandi.
“O‘z Instagram sahifamga 12 ballik jarimalar to‘g‘risida video qo‘ygandim. Qonunni to‘g‘ri o‘qib chiqmasdan, noto‘g‘ri talqin qilgan ekanman. Inspektor xodimlari ham chaqirib tushuntirdi. 12 ballik jarimadan qochib bo‘lmas ekan”, degan aybdor qiz.
U qilmishidan pushaymon ekanligini bildirib, boshqalarga ham bunday video chiqarmaslikni tavsiya etdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda joriy yilning 1-aprel kunidan boshlab maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimlari orqali qayd etilgan tegishli yoʻl harakati qoidabuzarliklari uchun ham jarima ballari hisoblash boshlangan edi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


