Islom

Tahorat olib yotgan holida vafot etgan kishining ruhi tahoratli holda qayta tiriladi

pic
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Tahoratli holda yotgan bandaning haqqiga farishtalar duo qiladi.

Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: Kim pok holida uxlasa, uning haqiga bir farishta: “Allohim, bu bandangni mag‘firat qil. Chunki u pok holida uxladi”, deydi (Imom Ibn Hibbon rivoyati).

Tahoratda yotgan bandaning duosi maqbul bo‘ladi.

Muoz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Qaysi bir mo‘min banda Allohni zikr qilib, pok holida uxlasa va kechasi turib, Allohdan dunyoyu oxirat yaxshiligini so‘rasa, Alloh unga so‘ragan narsasini, albatta beradi”, dedilar (Imom Abu Dovud rivoyati).

Qiyomat kunida ham tahoratli holida tiriladi. Ulamolar: “Uyquga yotishdan oldin olingan tahoratni o‘limga tayyorgarlikning dastlabki qadami” deydilar.

Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytadi: “Tahorat olib yotgan holida vafot etgan kishining ruhi tahoratli holda qayta tiriladi” (Fathul Boriy, Umdatul Qoriy).

Tahoratda yotish yomon tushlar ko‘rishdan saqlaydi.

Ibn Hajar Asqaloniy rahimahulloh aytadi: “Kim tahorat olib o‘rniga yotsa, yaxshi tush ko‘radi” (Fathul Boriy).

Muhammad Zakariyo Kandehlaviy rahmatullohi alayhi bunday deydi: “Tahorat olgan holda uxlashga yotish, yomon tush ko‘rishdan saqlaydi” (Taqrir Buhoriy).

Tahoratda yotish tunni ibodat bilan o‘tkazganning savobiga noil etadi.

Al-Ijliy aytadi: “Kim tahorat olgan holida Alloh taoloni zikr qilib o‘rniga yotsa, to uyg‘onguniga qadar Alloh taoloning ibodatida qoim bo‘lganlar savobiga musharraf bo‘ladi” (Fathul Boriy).

Tahoratda yotgan bandaning ruhi Alloh taoloning Arshi oldida sajda qiladi.

Abu Dardo roziyallohu anhu aytadi: “Qachon mo‘min banda uxlasa, uning ruhi Arshga ko‘tariladi. Agar banda tahoratli holida yotgan bo‘lsa, uning ruhiga Arshda Alloh taologa sajda qilishiga ijozat beriladi” (Ibn Muborak Kitabuz-Zuhd, Fathul Boriy).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim tahorat ustiga tahorat qilsa, Alloh unga o‘nta (savob) yaxshilik yozadi”, deganlar (Imom Abu Dovud rivoyati).

Hazrat Umar ibn Xattob roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: Agar sizlardan birortangiz tahorat olsa-yu, tahoratini yaxshilab qilsa, so‘ngra: “Ashhadu allaa ilaaha illallohu vahdahu laa shariyka lahu. Va ashhadu anna Muhammadan abduhu va Rasuluhu”, deb aytsa, albatta, unga jannatning sakkiz eshigi ochiladi va u xohlaganidan kiradi”, dedilar (Imom Muslim rivoyati).

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.