Buxoro yangiliklari
Buxoroda ilk 5 yulduzli mehmonxona quriladi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov 30-mart kuni AQShning “Valor Hospitality Partners” kompaniyasi Boshqaruv raisi Euan Mc Glashan boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokaralar olib bordi.
Uchrashuv davomida Aziz Abduhakimov tomonidan mehmonlarga O‘zbekistonda turizm sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari hamda tadbirkorlik subyektlariga berilayotgan imtiyoz va preferensiyalar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Xorijiy hamkor tomonidan mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar yuqori baholanib, turizm sohasini yanada rivolantirishga doir hamkorlik qilish istagi bildirildi.
“Valor Hospitality Partners” kompaniyasi ijrochi direktori Euan Mc Glashan tomonidan O‘zbekistonda Hyatt, Accor, Marriot, Hilton kabi dunyoning yetakchi brend mehmonxonalar tarmog‘ida faoliyat olib boruvchi kadrlar tayyorlovchi ta’lim maskanini ochish bo‘yicha taklif berildi.
Yakunda tomonlar “Valor Hospitality Partners” kompaniyasining mamlakatimizda boshqaruv ofisini tashkil etishga, O‘zbekistonning turizm salohiyatini butun dunyoda targ‘ib qilish hamda Buxoro shahrida “Hyatt Regency” brendi ostida 5 yulduzli mehmonxona tashkil etish loyihasini amalga oshirishga kelishib olishdi.
Shuningdek, hamkorlar tomonidan 31-martda Toshkentda Metric Ventures (MJ Group kompaniyasi) va Hyatt International bilan shartnoma imzolash marosimi o‘tkazilishi ma’lum qilindi. Ma’lumot uchun: “Valor Hospitality” kompaniyasi Hyatt, Accor, Marriot, Hilton kabi dunyoning yetakchi mehmonxona brendlari boshqaruvi bilan shug‘ullanuvchi kompaniya bo‘lib, hozirga qadar kompaniya tomonidan dunyo bo‘ylab 60 000 xonadan iborat bo‘lgan 150 ta mehmonxona boshqaruvi yo‘lga qo‘yilgan.
Kompaniya Buyuk Britaniya, Tayland, Janubiy Afrika va Yaqin Sharq mamlakatlarida o‘z boshqaruv ofislariga ega.
2021-yilning IV choragida amalga oshiriladigan ushbu loyiha qiymati $14 000 000, mehmonxona 224 xona va 450 o‘ringa mo‘ljallangan. Mehmonxona 7 qavatli bo‘lib, hozirda bino qurib bitkazilgan, xonalarga ajratish ishlari ketmoqda.
«Biz investorlar, dunyo xalqlarining O‘zbekiston haqidagi qarashlarini o‘zgartirish vaqtimiz keldi» — dedi «Hyatt International, Development»ning Yevropa, Afrika, O‘rta Sharq va Janubi-Gʻarbiy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti Takuya Aoyama.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi