Salomatlik

Burun oqishi va bitib qolishidan xalos bo‘ishga yordam beradigan mahsulotlar

pic
Foto: Freepic.com

Loading

Kuz va qish fasli nafas yo‘llari uchun eng og‘ir vaqtdir. Avval allergiya mavsumi, keyin O‘RVI. Yaxshiyamki, ba’zi mahsulotlar nafas olish yo‘llarini yaxshilashga yordam beradi. Daryo ularning bir nechtasini sanab o‘tdi.

Olma

Bu mevalarda fenolik kislotalar va flavonoidlar ko‘p bo‘lib, ular nafas yo‘llarida yallig‘lanishni kamaytiradi. Aytgancha, ayniqsa, chekuvchilar uchun olma juda ham foydalidir, chunki ular o‘pkani himoya qilishga yordam beradi.

Zaytun yog‘i

Zaytun yog‘ida mavjud bo‘lgan mono va to‘yinmagan yog‘lar, fitonutrientlar nafaqat teri, soch va yurak uchun foydali, balki o‘pka salomatligi uchun ham muhimdir. Zaytun yog‘i havoning ifloslanishi bilan bog‘liq xavf-xatarlarga qarshi kurashishda yordam beradi: agar u muntazam ravishda iste’mol qilinsa, hujayralarning kislorod bilan ta’minlanishini yaxshilaydi, yurak faoliyatini me’yorga keltiradi va qon tomirlariga kamroq zarar yetkazadi. Olimlarning fikricha, hammasi zaytun yog‘ida ko‘p bo‘lgan olein kislotasi bilan bog‘liq — u yallig‘lanishni kamaytirishga yordam beradi.

Qahva

Kofein hatto astma alomatlarini yengillashtirishga yordam beradi (lekin, albatta, dori kabi samarali emas). Shuning uchun burun oqishi, shamollash yoki allergiya bo‘lsa, kunni bir finjon qahva bilan boshlash tavsiya etiladi.

Losos balig‘i

Umuman olganda, har qanday yog‘li baliq turi omega-3 yog‘ kislotalariga boy bo‘lib, bu o‘pkada yallig‘lanishni kamaytirishga yordam beradi va bakteriyalar bilan ham kurasha oladi.

Ko‘k choy

Ko‘k choyda ko‘p bo‘lgan antioksidantlar organizmni tinchlantiradi, yallig‘lanishni kamaytiradi va tuzalishga yordam beradi. Eng muhimi, ko‘k choy tarkibida kvarsetin ko‘p. Bu allergiya belgilarini keltirib chiqaradigan gistamin va boshqa yallig‘lanish alomatlarini sekinlashtiradi, deganidir. Shunday qilib, burun oqishi allergiya tufayli kelib chiqsa, ko‘k choy sizga kerak bo‘ladi.

Qovoq va zig‘ir urug‘i

Kashandalar va shahar aholisi tez-tez shamollaydi — ular muntazam ravishda urug‘ iste’mol qilishi kerak. Qovoq va zig‘ir urug‘i magniyga boy bo‘lib, nafas yo‘llari mushaklarini bo‘shashtirishga yordam beradi va yallig‘lanishni kamaytiradi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.