Hodisalar

Buxoro shahrida aka-uka og‘ufuruslar ushlandi

pic
Foto: Buxoro viloyati IIB

Loading

Buxoro viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida giyohvandlik moddalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelgan aka-uka qo‘lga olindi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 7-aprel kuni Buxoro shahridagi Samarqand ko‘chasi yaqinida o‘tkazilgan nazorat tadbirida ushbu shaxslar shartli mijozga 300 AQSh dollari va 1 million 200 ming so‘m evaziga 6 ta gugurt qutisiga qadoqlangan, umumiy vazni 55 gramm bo‘lgan marixuana moddasini sotayotgan vaqtida jinoyat ustida ushlandi.

Tezkor surishtiruv ishlari davom ettirilib, gumonlanuvchilardan birining shahardagi Lolazor ko‘chasidagi xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning kiyimi cho‘ntagidan 5,6 gramm hamda darvoza xonasida yashirib qo‘yilgan 50 gramm marixuana moddasi topildi. Shu tariqa, umumiy hisobda 110 grammdan ortiq giyohvandlik vositasi tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.

Aniqlanishicha, aka-ukalardan biri muqaddam o‘g‘rilik va giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlari uchun sudlangan bo‘lishiga qaramay, o‘zining jinoiy faoliyatini davom ettirgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.