Islom

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Pora berganga ham, pora olganga ham Allohning la’nati bo‘lsin!

pic
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Alloh taoloning rizosini istagan inson dunyo va oxiratini barbod qiladigan amallardan o‘zini saqlaydi. Chuninchi, haromdan hazar qilmaslik gunohi – kabiradir. Birovning haqqiga tajovuz qilish, nohaq yo‘l bilan o‘zlashtirish ham harom hisoblanadi. Insonlarni molini yeyish, ularni og‘ir va mushkul ahvolga solish… – dinimiz bunday ishlardan albatta qaytaradi.

Bugungi kunda keng tarqalgan illatlardan yana biri – poraxo‘rlikdir. U jamiyatni ich-ichidan yemiradi, iqtisodni izdan chiqaradi, taraqqiyotga to‘g‘anoq bo‘ladi. Uning davosi – Allohdan qo‘rqish, o‘zini tiyib, halollik sari intilish, boriga sabr qilishdir.

Abdulloh Ibn Amr roziyallohu anhu, Rasululloh s. a. v. dan rivoyat qiladi: “Pora berganga ham, pora olganga ham Allohning la’nati bo‘lsin!”, dedilar. Allohni la’natiga duchor bo‘lgan kishi esa banda dunyo va oxiratda qattiq azobga yo‘liqadi.

Keyingi hadisda Nabiy alayhi sallom shunday marhamat qildilar:

Qozilar uch toifa bo‘ladi: ikkisi do‘zaxiy, biri esa jannatiy. Kishi haqni taniydi va u bilan hukm chiqaradi-u – jannatiy. Yana biri haqni taniydi, hukm etishda jabr qiladi – u do‘zaxiy. Keyingisi ilmsiz hukm chiqaradi – u ham do‘zaxiydir.

Ushbu hadis hukm chiqarishdagi poraxo‘rlik va adolatsizlik oqibatidan ogohlantiradi. Haromdan hazar qilmaslik balki unga ruju qo‘yish – kishini ma’lum bir muddat hayotini farovon etishi mumkin, ammo bu dunyo o‘tkinchi dunyo ekanligini ham unutmasligi kerak. Kun kelib hammsi Alloh taoloning huzuriga hisob-kitob bo‘ladi…

Payg‘ambarimiz s. a. v. ta’kidlab aytdilar: “Hozir yana qaytarib aytaman, kimni biror ishga boshlik qilib qo‘ysak, ozmi-ko‘pmi yashirmay olib kelsin. Nimani bersak – uni olsin. Nimadan qaytarsak, uni olishdan tiyilsin”, -dedilar (Imom Muslim rivoyati).   

Azizlar, halollik hamisha oliy maqomda, bu dunyoda va oxiratda insonni yuksaklarga ko‘taradi. Harom luqma esa insonni xoru-zor qiladi, oxirati barbod bo‘ladi.

Alloh hammamizni to‘g‘rilik va halollikka hidoyat qilsin, o‘zi insof bersin!

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.