O‘zbekiston
Humans asoschisi Interpol orqali xalqaro qidiruvga berildi
O‘zbekiston hukumati Humans kompaniyasi asoschisi va rahbari Vladimir Dobrininni xalqaro qidiruvga berdi. Bu haqdagi ma’lumot Interpol saytida paydo bo‘ldi.
U kompaniya atrofida davom etayotgan sud va arbitraj muhokamalari fonida qimor o‘yinlarini tashkil etish hamda jinoiy daromadlarni legallashtirish ishi bo‘yicha gumonlanmoqda.
Dobrinin qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil qilish va o‘tkazish, shuningdek, pul yuvishda ayblanmoqda.
Interpol ma’lumotlariga ko‘ra, Humans asoschisi Avstriyada tug‘ilgan. Hozirda 52 yoshni qoralgan Humans asoschisi Rossiya fuqarosi ekani qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, Humans O‘zbekiston bozoriga fintex-servis, mobil aloqa xizmatlari va marketpleysni o‘zida jamlagan superilova sifatida kirib kelgandi.
Ammo keyinroq uning faoliyatida qator muammolar paydo bo‘ldi. 2025-yil 14-oktabrda Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi Octobank (sobiq “Ravnaq-bank”) arizasiga asosan, “Humans” MChJni bankrot deb topdi. Qarz miqdori taxminan 430 mlrd so‘mga baholangan (bu 2025-yil iyun oyida to‘xtatilgan Visa kobrending kartalariga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq).
Keyinroq Humans kartalaridan ruxsatsiz pul yechib olish holatlari kuzatildi. Kompaniya esa buni texnik nosozlik va kiberhujumlar bilan izohlagandi. Markaziy bank esa tekshiruv o‘tkazib, huquqiy baho berish uchun materiallarni Toshkent shahar IIBBga yuborgandi.
-
20.08.2022Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


