Islom
Qiyomat kuni Allohning huzurida odamlarning eng yomoni ikkiyuzlamachi ekanini ko‘rasan
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:
“Bir-biringizni yomon ko‘rmang! Bir-biringizga hasad qilmang! Ey Allohning bandalari, birodar bo‘ling!”.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qiyomat kuni Allohning huzurida odamlarning eng yomoni ikki yuzlamachi ekanini ko‘rasan. U anavilarga bir yuz bilan, narigilarga boshqa yuzi bilan keladi”, – dedilar.
Shuningdek, quyidagi hikmatlar ham bor:
“Zinhor va zinhor badgumonlikdan yiroq bo‘ling. Chunki badgumonlik eng yolg‘on gapdir”.
“Bir-biringizni avramang”.
“Bir-biringizga hasad qilmang”.
“Bir-biringizni yomon ko‘rmang”.
“Bir-biringiz bilan raqobatlashmang”.
“Bir-biringizga qarshi turli yomon chora-tadbirlarni ko‘rmang”.
“Ey Allohning bandalari, birodar bo‘linglar”.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan yana rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Dushanba va payshanba kunlari jannatning eshiklari ochiladi. Bas, Allohga biror narsani shirk qilmagan har bir bandani mag‘firat qilinadi. Faqat birodari bilan orasida dushmanlik bor kishigina bundan mustasno. Shunda: “Ikkisini oralarini isloh qilishguncha kutib turing” deyiladi”, – dedilar.
Abu Idrisdan rivoyat qilinadi: Abud Dardo roziyallohu anhu: “Men sizlarga nafl sadaqadan ham, nafl ro‘zadan ham yaxshiroq narsaning xabarini beraymi? Orani isloh qilish. Ogoh bo‘linglar! Yomon ko‘rish qiruvchidir!”, – dedi.
Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Uch narsa borki, o‘sha kimda bo‘lmasa, kimni hohlasa, undan boshqasi mag‘firat qilinadi: Allohga biror narsani shirk keltirmay vafot etgan odam, sehrgar bo‘lmagan yoki sehrgarga ergashmagan odam, o‘z birodariga hasad qilmagan odam”, – dedilar.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


