Hodisalar
Buxoroda chaqaloqfurush ona qo‘lga olindi
Mamlakatimizda odam savdosiga qarshi qat’iy va murosasiz kurash olib borilayotgan bo‘lsa-da, afsuski, jamiyatimizda qonun-qoidalarga va insoniy qadriyatlarga mutlaqo zid bo‘lgan holatlar hamon uchrab turibdi.
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Tezkor qidiruv xizmati xodimlari tomonidan joriy yilning 6-aprel kuni o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir natijasida ana shunday og‘ir jinoyatlardan biriga chek qo‘yildi.
Olib borilgan tezkor tadbir davomida 2008-yilda tug‘ilgan, Buxoro tumanida istiqomat qiluvchi yosh juvon o‘zining hali tug‘ilganiga 3 kun ham bo‘lmagan qiz farzandini g‘arazli maqsadlarda savdoga qo‘yganligi aniqlandi.
Gumonlanuvchi chaqaloqni 4 000 AQSh dollariga pullashni rejalashtirib, shartli mijozdan kelishilgan mablag‘ning 800 AQSh dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Odam savdosi kechirilmas og‘ir jinoyatdir. Har qanday qonunbuzarlik uchun esa jazo muqarrar!
Odam savdosi, ayniqsa, o‘z farzandini sotishdek mudhish jinoyat nafaqat qonunbuzarlik, balki millatimizning ma’naviy ildizlariga berilgan og‘ir zarbadir. Go‘daklar — kelajagimiz, ularning taqdiri bilan savdolashish insoniylik chegarasidan chiqish demakdir.
Ushbu holat barchamizni hushyorlikka chorlashi lozim. Jamiyatda bu kabi illatlarga qarshi faqat huquq tartibot organlari emas, balki har birimiz birdek kurashishimiz, atrofimizdagi shubhali vaziyatlarga befarq bo‘lmasligimiz zarur. Unutmang, har bir bola xavfsiz va baxtli ulg‘ayish huquqiga ega, bu huquqni himoya qilish esa barchamizning insoniy burchimizdir.
-
20.08.2022Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022Jasur Umirov “Jumagul” qöshiğining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni öldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022Ğiybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022Jahongir Xöjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


