Buxoro yangiliklari

IIB, prokuratura, DSB, DXX rahbarlarining tumanlardagi sayyor qabuli davom etmoqda

photo 4 1

Loading

Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organ rahbarlarining hududlarda “Temir daftar”, “Ayollar” va “Yoshlar” daftarlariga kiritilgan fuqarolar bilan sayyor qabullari Romitan va Peshko‘ tumanlarida o‘tkazildi, -deya xabar bermoqda viloyat IIB Matbout xizmati.

Avval xabar berganimizdek, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev, viloyat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari bilan birgalikda, har bir shahar va tumanga borib, tuman sektor rahbarlari, viloyat va tuman mutasaddi idoralar, mahallalarga biriktirilgan iqtisodiy sektor xodimlari hamda mahallala mas’ullari ishtirokida, hududlarda “Mahallabay”, “Xonadonbay” va “Fuqarobay” tizim asosida ishlashning mexanizmlari, muammoli fuqarolar, ayniqsa ayollar va yoshlar bilan individual tartibda ishlash yuzasidan uchrashuvlar o‘tkazib, muammolarni joyiga borib o‘rgangan holda manzilli chora-tadbirlar belgilab, ijrosini alohida nazoratga olmoqdalar.

[metaslider id=1948 cssclass=»»]

Bugun rahbarlar Romitan tumanining “Guliston” hamda Peshku tumanining «Sadir» mahallalariga borib, ushbu mahallalardan “Temir daftar”, “Ayollar” va “Yoshlar” daftariga kiritilgan, muammoli fuqarolar, shu jumladan ayollar va yoshlar bilan bilan uchrashib, ishsiz ayollar va yoshlarni ish bilan ta’minlash, ajratilgan kredit mablag‘larining maqsadli yo‘naltirilganligi, imtiyozli kreditlar olishda mavjud muammolar, fuqarolarni kasbga o‘rgatish va tadbirkorlikka jalb etish borasidagi ishlar natijalarini o‘rganib, har bir fuqaro bilan yuzma-yuz suhbatlashgan holda ularni qiynab kelayotgan va yechimini topmayotgan muammo va masalalar yuzasidan murojaatlarini qabul qildilar.

Fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar yuzasidan viloyat, tuman mutasaddi idoralar vakillari, tuman sektor rahbarlari, MFY mas’ullari hamda ushbu mahallalarga biriktirilgan iqtisodiy sektor xodimlariga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berdilar.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.