Hodisalar

“Ikrom Buxarskiy” ishi: buxoroliklardan iborat jinoiy guruh a’zolari Chirchiq shahrida zo‘ravonlik qilib kelgan (video)

pic
Foto: IIV

Loading

Toshkent viloyati Chirchiq shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbir natijasida, aholi tinchligini buzib kelgan sportchi bezorilardan iborat uyushgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qoʻyildi.

Oʻtkazilgan surishtiruvlar natijasida aniqlanishicha, mazkur guruh aʼzolari jamoat tartibini qasddan buzib, fuqarolarning tinchligini ishonchsizlantirish va qonun ustuvorligiga tahdid soluvchi bir qator guruhli bezorilik harakatlarini sodir etib kelgan. Ichki ishlar vazirligi tezkor qidiruv departamenti hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida amalga oshirilgan tezkor chora-tadbirlar davomida jinoiy guruhning barcha aʼzolari qoʻlga olindi.

Jinoiy guruhga 1988-yilda Buxoro viloyatida tugʻilgan, “Ikrom Buxarskiy” laqabi bilan tanilgan Sayidov Ikrom Erkinovich yetakchilik qilgan. Unga ushbu jinoiy faoliyatda uning ukasi, 1990-yilda tugʻilgan, “Islom Buxarskiy” lakabli Sayidov Islom Erkinovich yaqindan koʻmaklashib kelgan. Aniqlanishicha, ular Chirchiq shahridagi kafelardan biriga bostirib kirib, u yerdagi fuqarolar bilan oʻzaro janjallashgan va ularga tan jarohati yetkazgan.

Bundan tashqari, guruh tarkibida Baizboyev Umidjon Zafar oʻgʻli, Suvonov Qurbonali Nosirovich va Rustamov Azamjon Mansurovichlar ham boʻlib, ular jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimasdan, soxta obroʻ orttirish maqsadida turli bezorilik harakatlarini amalga oshirganlar. Maʼlumotlarga koʻra, mazkur shaxslar ayrim fuqarolarni majburan oʻgʻirlab ketishga ham uringanlar. Shuningdek, ular 17 nafar fuqaroni aldab, soxta shartnomalar orqali ularning nomiga 30 million soʻmgacha kredit mablagʻlari rasmiylashtirib, oʻz ehtiyojlari uchun sarflab yuborganlikda ayblanmoqda.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoiy guruh aʼzolariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 3-qismi «a», «g» bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Ichki ishlar organlari ushbu shaxslardan jabr koʻrgan yoki ularning noqonuniy xatti-harakatlari haqida maʼlumotga ega boʻlgan fuqarolarni «102» qisqa raqamiga murojaat qilishga chaqiradi. Murojaatchilarning shaxsi sir saqlanishi toʻliq kafolatlanadi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.