Salomatlik
Faqat shamollashga qarshi emas: zanjabilning siz bilmagan 5 ta ajoyib xususiyati
Zanjabil ko‘pchilikka O‘RVI paytida ichiladigan issiq choy yoki qaynatma sifatida tanish. U tomoqni yumshatadi, tanani isitadi va immunitetni ko‘tarishga yordam beradi. Ammo zanjabil faqat shamollaganda esga olinadigan oddiy ildiz emas. Aslida, u organizmga ko‘p tomonlama foyda keltiradigan kuchli mahsulot hisoblanadi. Daryo shular haqida yozmoqda.
Olimlar zanjabilni kurkuma bilan bir qatorda eng foydali ziravorlar qatoriga kiritishadi. U nafaqat yallig‘lanishga qarshi kurashadi, balki vazn kamaytirish, yurak salomatligini qo‘llab-quvvatlash va hatto ayrim kasalliklar xavfini pasaytirishda ham muhim rol o‘ynaydi. Quyida zanjabilning ko‘pchilik bilmaydigan, ammo juda muhim 5 ta foydali xususiyati bilan tanishasiz.
Tanadagi ortiqcha yog‘larni eritish jarayonini tezlashtiradi
Agar ozish jarayonini tezlashtirmoqchi bo‘lsangiz, kundalik taomnomangizga zanjabilli choyni qo‘shib ko‘ring. Yangi pishgan yoki quritilgan zanjabil metabolizmni faollashtirib, organizmni ortiqcha kaloriyalarni tezroq eritishga undaydi. Albatta, faqat bitta zanjabil qaynatmasi ichib ozib ketishning iloji yo‘q, ammo u sog‘lom ovqatlanish va jismoniy faollik bilan birga foydali qo‘shimcha bo‘lishi mumkin.
Hayz davridagi og‘riqni kamaytiradi
Zanjabilning og‘riq qoldiruvchi xususiyatlari ko‘plab tadqiqotlar orqali tasdiqlangan. U hayz davrida yuzaga keladigan spazmlar va og‘riqlarni yengillashtirishga yordam beradi. Bundan tashqari, zanjabilli choy ushbu davrda paydo bo‘ladigan ko‘ngil aynishini ham kamaytiradi.
Shuni yodda tutish kerakki, agar siz odatda og‘riqni paratsetamol yoki ibuprofen kabi dorilar bilan bartaraf etsangiz, zanjabil ularning ta’sirini biroz susaytirishi mumkin.
Toksikozga qarshi foydali
Zanjabil toksikoz va ertalabki ko‘ngil aynishiga qarshi ham samarali vosita hisoblanadi. 2018-yilda o‘tkazilgan tadqiqotda ishtirok etgan homilador ayollar to‘rt kun davomida kuniga 1 gramm yangi zanjabil iste’mol qilishgan. Natijada ularda ko‘ngil aynishi va qusish holatlari sezilarli darajada kamaygani qayd etilgan.
Yurak salomatligini qo‘llab-quvvatlaydi
Zanjabil tarkibidagi yallig‘lanishga qarshi birikmalar yurak uchun ham foydalidir. 2019-yilda chop etilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, zanjabil iste’mol qilish qon bosimini hamda qondagi lipidlar, ya’ni yog‘lar darajasini pasaytirishga yordam beradi. Bu esa yurak-qon tomir tizimi salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Saraton xavfini kamaytirishi mumkin
Zanjabil tarkibidagi antioksidant moddalar organizmdagi hujayralarni himoya qiladi va saratonning ayrim turlari rivojlanish xavfini kamaytirishga yordam beradi. Ushbu moddalar hujayralarning ortiqcha faolligini pasaytirib, DNKda zararli o‘zgarishlar yuzaga kelishini, sog‘lom hujayralarning nobud bo‘lishini va saraton hujayralarining ko‘payishini sekinlashtiradi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


