Mashhurlar

“151 kilogramm bo‘lib ketgandim”. Aktrisa Anjelika Yesimbetova qanday qilib 35 kiloga ozgani haqida so‘zlab berdi

pic
Foto: Daryo.uz

Loading

Kino va teatr aktrisasi Anjelika Yesimbetova “Efirda To‘raxonov” ko‘rsatuvida qatnashib, “Namozshomgul” filmidagi roli uchun 35 kilogramm vazn tashlagani haqida so‘zlab berdi. Aktrisa filmda bosh qahramon rolini o‘ylagan. Daryo shular haqida yozmoqda.

“Semizlik salomatligimga jiddiy ta’sir o‘tkazayotgan edi”

— “Namozshomgul” filmidagi ijrom uchun 35 kilogramm vazn tashladim. Yana 20-25 kg ozsam, yetadi. Bu maqsadimni dugonam Bahora Arslonovaga necha yillar avval aytgandim. U kinoda singlim rolini o‘ynashi kerak edi. Ammo film u uchinchi farzandini dunyoga keltirishi kerak bo‘lgan vaqtlarda suratga olingani uchun nasib qilmadi. Xullas, shu loyihada o‘ynasam, ozishga kirishaman, lekin o‘xshamay qolsa ham, baribir harakatni boshlayman, deb turgandim. Sababi og‘ir vaznning eng “cho‘qqisi”ga yetib kelgandim — 151 kilogrammga chiqqandim. O‘zimni yomon his qilib, oyog‘imda og‘riqlar boshlangandi. Salomatligimga jiddiy ta’sir ko‘rsatayotgan edi, deydi aktrisa.

Anjelika Yesimbetova ijodiy guruh uning ozishini bir necha oy kutgani haqida ham gapirib berdi.

— Harakat qilib, film sabab bir o‘q bilan ikki quyonni urdim. 151 kilogramm paytimda filmning 98 foiz qismini suratga olib oldik. Kino so‘ngida esa qiz ozgan bo‘lishi kerak. Ijodiy guruh mening ozishimni uch oy kutishdi. Hozir besh oydan buyon parhez qilyapman va sport bilan shug‘ullanyapman.

image

Instagram’imga kuniga xabarlar keladi. Mendek vazndan qiynalgan ayol-qizlar, hatto erkaklar ham yozib, tabriklashdi, deydi aktrisa Anjelika Yesimbetova.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.