Jahon

Kuba prezidenti: Agar AQSh bostirib kirishga urinsa, “qonli qirg‘in” bilan javob beradi

pic
Foto: AP

Loading

Kubaning amaldagi prezidenti Migel Diaz-Kanel AQShni Kubaga qarshi ehtimoliy harbiy aralashuvdan tiyilishga chaqirdi. Uning ta’kidlashicha, bunday ssenariy mintaqada “qonli fojea”ga olib kelishi mumkin.

Kuba prezidenti ijtimoiy tarmoqdagi bayonotida mamlakati “hech kimga tahdid solmasligini” va “tajovuzkor rejalar yoki niyatlarga ega emasligini” yozdi.

Bayonot Axios nashri Kubaning Rossiay va Erondan 300 ta harbiy dron sotib olgani haqidagi maqolasidan keyin paydo bo‘ldi.

Diaz-Kanel ushbu ma’lumotni rad etmadi, biroq AQShni dushmanona harakatlardan voz kechishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, aks holda oqibatlar “oldindan aytib bo‘lmaydigan” bo‘ladi.

Bruno Rodrígez Parrilla ham rasmiy Gavana pozitsiyasini qo‘llab-quvvatladi. U AQShni Kubaga qarshi iqtisodiy bosim va ehtimoliy harbiy intervensiyani oqlash uchun “sun’iy bahona yaratishda” aybladi.

Axios xabariga ko‘ra, Kuba dronlardan Guantánamo Bay Naval Base dagi AQSh harbiy bazasi, Amerika harbiy kemalari hamda Key West shahriga qarshi foydalanish imkoniyatlarini muhokama qilgan.

Mazkur xabar AQSh va Kuba o‘rtasidagi so‘nggi yillardagi eng keskin qarama-qarshiliklardan birini yanada kuchaytirdi.

Donald Tramp ma’muriyati Kubaga qarshi sanksiyalarni kengaytirib, neft va gaz yetkazib berishni cheklash orqali orolda hokimiyat almashishini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Mart oyida Tramp kelajakda “Kubani nazorat ostiga olish”iga ishonishini ham bildirgan edi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.