Mashhurlar

“Ertalab meni uyg‘otadigan xodimim bor”. Zebo Rahimova blogerlarga hasadi ortidan kelgan omad va qoldirilgan to‘yi haqida

pic
Foto: Daryo.uz

Loading

Aktrisa va bloger Zebo Rahimova “Darakchi” nashrining YouTube kanali mehmoni bo‘ldi. Bloger bo‘lib o‘tgan suhbat davomida aktrisalikdan blog yuritishga qanday qiziqib qolgani, Instagram’dagi faoliyati va erta tongda uni uyg‘otishi uchun keladigan alohida xodimi haqida gapirib berdi. Daryo shular haqida yozmoqda.

“Ko‘rolmasligim yaxshilikka xizmat qildi”

— O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining dramatik teatr va kino aktyorligi yo‘nalishida o‘qishni tugatganman. Institutda o‘qib yurgan paytlarim “O‘zbekfilm” bilan gastrolga borganmiz. Manzilga yetib, mehmonxonaga joylashganimizda xonadagi jurnal muqovasida bir blogerning suratini ko‘rib qoldim. O‘sha vaqtda shu blogerga nisbatan ichimda havas bilan birga hasad ham o‘tib ketdi. Men professional aktrisa bo‘laman, deb gastrollarda yuraman-u, bu yoqda blogerlar mashhur va elga aziz bo‘lib yuribdi. Biz bo‘lsa qisqa metrajli filmlar olib tanilish maqsadida yuribmiz, deganman.

Odamlar kinolarimizni ko‘rmasa ham, blogerlarning vaynlarini ko‘risharkan, deganman. O‘shanda “Ha, bo‘ldi, demak, bloger bo‘lish kerak ekan. Hozir zamon talabi shu ekan. Shuni odamlar ko‘rib, kuzatayotgan ekan”, deb blogerlik sohasiga ham o‘tdim. To‘g‘ri, bu yo‘nalish ham o‘zimning sohamdan uzoq emas. Boshida suratga tushgan telenovellarimdagi rollarimdan qisqa epizodlarni Instagram’da blog ochib joylab bordim va qisqa vaqt ichida 10 mingta jonli obunachi to‘pladim.

“12 yoshimda birinchi sovchi kelgan”

— O‘zbekistonda o‘zi oq, ko‘zlari ko‘k qizlarning xaridori ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, birinchi sovchi 12 yoshimda kelgan. Undan so‘ng 18 yoshimda uydagilar yaxshi oiladan kelgan sovchilarga meni turmushga berishmoqchi bo‘lishdi. Har tomonlama so‘rab-surishtirishsa, bola bizga to‘g‘ri kelmaydi ekan. Bularni bilgan ota-onam meni majburlashgani uchun keyinchalik afsuslanishgan. Agar o‘sha vaqtda shu insonga turmushga berib yuborishganda, bugun ota-onam mening oldimda juda ham aybdor bo‘lib qolishgan bo‘lardi. Shularni tushunib yetganidan keyin ular qarorni o‘zimga qo‘yib berishdi. Shunda hamma mas’uliyat o‘zingning bo‘yningda bo‘ladi, deyishdi.

“Oxirgi vaqtlarda xorijga ketayotganlar qaysi manzilda dam olish yaxshi ekanligi haqida maslahat so‘rashyapti”— Oxirgi paytlarda chet davlatga ketayotgan obunachilarim qaysi manzillarda dam olganim haqida so‘rashyapti. Qaysidir mehmonxonaning manzilini so‘rab yozishmoqda. Bundan juda ham xursand bo‘laman. Demak, auditoriyam ham ancha kengayib, sayohat qiluvchilar ham meni kuzatmoqda ekan, deyman.

“Instagram’dagi ikkita blogimni uchta qilmoqchiman”

— Profillarim sonini uchtaga yetkazmoqchiman. Hozir ikkita blog yuritaman. Bittasida faqat qiziqarli video ko‘rmoqchi, kulishni istaganlar uchun vaynlarimni joylab boraman. Yana bir sahifamga esa sayohatga qiziquvchi obunachilarni to‘plash uchun faqat sayohatdagi videolarimni joylab boraman. Endi tez orada yangi — hayotim haqida yoritib boriladigan sahifa yuritish niyatim bor, deydi bloger. 

“Ertalab uyg‘otishi uchun alohida ishchi olganman”

— Juda ham uyquni yaxshi ko‘radigan odamman. Erta turib, hamma ishlarimga ulgurishning zo‘r yechimini topdim. Har kuni erta tongda kelib, meni uyg‘otib ketadigan ishchi olganman. Uyqum qattiqligi uchun “budilnik” ham uyg‘ota olmaydi. Oyim uyg‘otsalar ham, uyg‘onmayman. Chunki bitta farzand bo‘lganim uchun erkaman. Begona odam kelib uyg‘otsa, uyalganingizdan ham uyqungiz ochiladi. Shu darajada uyqum yaxshi bo‘lgani uchun chet davlatga ketishda ham qiynalmayman — samalyotga chiqishim bilan uxlab, manzilga yetganda uyg‘onaman.

Ishchim o‘zimning kelinoyim bo‘ladi. Uylari bizniki bilan yonma-yon. Bir kuni ular ishdan bo‘shadi. Keyin ularga moddiy tomondan yordam bergim keldi. Shundoqligicha pul bersam, kelinoyimning ham g‘ururiga to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun o‘zimga nima kerak bo‘lsa, shuni o‘ylab, “ertalab kelib, meni uyg‘otib keting, keyin men sizga oylik beraman”, dedim, deydi Zebo Rahimova. 

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.