Islom
Aksa urgan kishiga odob bilan qanday javob qaytariladi?
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: “Agar birortangiz aksirsa, “Alhamdulillah” (Allohga hamd bo‘lsin) desin. Unga javoban (yonidagi) birodari “yarhamukalloh” (Alloh senga rahm qilsin) deb, aytsin. Agar kishi aksirgan kishiga “yarhamukalloh” desa, u bunga javoban “yahdiykumullohu va yuslihu balakum” (Alloh sizni hidoyatlasin va ishlaringizni o‘nglasin) deb javob qaytarsin” (Buxoriy rivoyati, 5870),
Aksirgan kishi Alloh taologa hamd aytishi dinimizdagi mustahab amallardan biri bo‘lib, bu sunnat ham bugungi kunda musulmonlar, xususan, bizning o‘zbek millati orasida yo‘qolib ketgan sunnatlardan hisoblanadi. Aksirgan kishi avvalo Rasululloh sollallohu alayhi vasallam buyurganlari, qolaversa, aksirish natijasida miyasida tiqilib qolgan havo chiqib ketgani va shu sababli mazkur havoning zararidan qutilgani uchun ham Allohga hamd aytadi. Agar bu havo chiqib ketmaganida turli-xil og‘ir xastaliklarga sabab bo‘lar edi.
Aksirgan kishining yonidagi birodari unga “sog‘ bo‘ling” yoki “umringiz uzoq bo‘lsin” deyish o‘rniga, aksar musulmonlar Alloh taoloning bu kabi ne’matlari shukrini ado etolmayotganlarini xotirlatish maqsadida unga, Alloh taolodan rahm-shafqat so‘rab, “Alloh senga rahm qilsin” ma’nosida “yarhamukalloh” deb, uning haqqiga duo qiladi. Bu musulmonlar o‘rtasidagi munosabatlar yanada kuchayishiga katta hissa qo‘shadi. Biroq aksirgan kishi “alhamdulillah” demasa, unda uning haqqiga “yarhamukalloh” deb duo qilinmaydi. Chunki Anas ibn Molik roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: “Agar birortangiz aksirib, Allohga hamd aytsa, uning haqqiga duo qilinglar. Agar (aksirganidan keyin) Allohga hamd aytmasa, uning haqqiga duo qilmanglar” (Muslim rivoyati, 2991).
Biroq aksirgan kishidan uzoqroqda bo‘lgani uchun uning hamd aytganini yaxshi eshitmasa-da, og‘zi qimirlaganidan yoki yonidagilar uning haqqiga duo qilganidan uning hamd aytganini bilsa, unda uning haqqiga duo qilaveradi.
Keling, azizlar! Bu sunnatni ham hayotimizga tatbiq qilib, qolganlarni ham shunga targ‘ib qilaylik, farzandlarimizga ham o‘rgataylik, odamlar o‘rtasida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning yana bir sunnatlarini tiriltiraylik.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


