O‘zbekiston
“Buning samarasini minglab insonlar his qiladi” — Saida Mirziyoyeva
QQS bo‘yicha muhim yengillik: kichik biznes uchun yangi imkoniyatlar yaratildi
O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan navbatdagi muhim qaror qabul qilindi. Endilikda qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) to‘lovchisiga aylanish uchun belgilangan yillik aylanma chegarasi 1 milliard so‘mdan 5 milliard so‘mgacha oshirildi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qilib, mazkur o‘zgarish minglab tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar ochishini ta’kidladi.
Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda mazkur masala kichik biznes vakillari tomonidan eng ko‘p ko‘tarilgan muammolardan biri bo‘lib kelgan. Hududlarga amalga oshirilgan tashriflar davomida tadbirkorlar QQSga o‘tish uchun belgilangan 1 milliard so‘mlik chegaraning pastligi, soliq ma’muriyatchiligining murakkabligi hamda hisobot va nazorat jarayonlarining ko‘pligi yuzasidan murojaatlar bildirgan.
Saida Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, amaldagi tartib ayrim korxonalarni faoliyatini kengaytirish o‘rniga biznesini sun’iy ravishda bo‘lib yuritishga majbur qilayotgan edi.
Prezident tomonidan imzolangan yangi farmonga muvofiq, QQS to‘lovchisiga aylanish bo‘yicha chegara 5 milliard so‘mgacha oshirildi. Natijada oilaviy korxonalar, savdo va umumiy ovqatlanish shoxobchalari, xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlar hamda o‘z faoliyati orqali iqtisodiyot rivojiga hissa qo‘shayotgan minglab fuqarolar uchun yanada qulay sharoit yaratiladi.
Mutaxassislarning fikricha, ushbu yangilik kichik biznesning erkin rivojlanishiga xizmat qilib, tadbirkorlarning soliq yukini kamaytiradi hamda biznesni legallashtirish va kengaytirishga rag‘batlantiradi.
Shuningdek, yangi farmonda kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni qisqartirish, tadbirkorlik subyektlari uchun yanada qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar ham belgilangan.
Ekspertlar ushbu qarorni mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiy faollikni oshirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri sifatida baholamoqda. Yangi tartib kichik biznes vakillarining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirib, ularning bozordagi raqobatbardoshligini yanada oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


