Islom
Tumor, ko‘zmunchoq va shunga o‘xshash narsalarni osish hukmi
Alloh taolo Zumar surasing 38-oyatida shunday deydi: “Ayting: Endi xabar beringlarchi, sizlar Allohni qo‘yib duo-iltijo qilayotgan butlaringiz-agar Alloh menga biron ziyon yetkazishni istasa-o‘sha butlar U Zotning ziyonini arita oluvchilarmi? Yoki Alloh menga biron marhamat qilishni iroda qilsa, o‘sha butlar u zotning marhamatini ushlab qoluvchilarmi? Ayting: Menga Allohning o‘zi yetarlidir. Tavakkul qiluvchi-suyanuvchi zotlar yolg‘iz unga tavakkul qilurlar”.
Imom Axmad Uqba ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam:
“Kim tumor taqsa, Alloh uning ishini oxiriga yetkazmasin”, dedilar.
Boshqa rivoyatda esa: Kim tumor ossa shubhasiz shirk amalini qilibdi», dedilar.
Imom Termiziy Abdulloh ibn Ukaym roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam:
“Kim biron narsaga bog‘lansa Alloh taolo uni tashlab qo‘yadi”, dedilar.
Imom Abu Dovud rivoyat qilgan hadisda Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu deydi: Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday deganlarini eshitdim:
“— Oyat va hadislardan boshqa johiliy yo‘llar bilan — urilgan dam, tumor va isitma-sovutma shirk amalidir”.
Yuqoridagi hadislarda zikr qilingan “Tumor”dan murod odamlar ko‘zidan saqlash, shifo bo‘lish, isitma-sovutma va boshqa niyatlar bilan o‘zlariga yoki darvoza va boshqa o‘rinlarga osib qo‘yadigan ko‘zmunchoq, ko‘ztikon, har hil suyaklar, ip, tosh, taqa va shunga o‘xshash narsalardir. Bunday narsalarni osib olgan odamlarning mushkuli ustiga mushkul qo‘shilib boradi, chunki qachon shu narsaga ko‘zi tushsa dardi yana qo‘ziydi. Shuning uchun ham Payg‘abarimiz sollallohu alayhi va sallam bunday odamlarga qarata “Alloh taolo ishini oxiriga yetkizmasin” deb duo qilganlar. Eng xatarlisi, bunday narsalarni osib olish shirk amaldir.
Kim tumorni foyda yoki zarar yetkazadi, deb osib olsa shirk akbar ya’ni, katta shirk amalini qilibdi, chunki bu kishi Allohdan boshqasi ham foyda va zarar beradi, deb e’tiqod qiladi, ammo tumor foyda yoki zararga sabab bo‘ladi desa kichkina shirk qilgan bo‘ladi.
Tumor osish mumkin emas. Shu o‘rinda agar tumor Qur’ondagi oyatlardan iborat bo‘lsachi? degan savol tug‘ilishi mumkin. Bu masalada ulamolar ixtilof qilishgan, ba’zilari joiz, ba’zilari joiz emas deyishgan.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


