Islom

Mo‘min yolg‘onchi bo‘ladimi?

pic
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Inson tabiatida yaxshi sifatlar bilan yomon sifatlar ham yonma-yondir. Aqlli insonlar yaxshi sifatlarini asrab kamolga yetkazadi. Yomon sifatlarning zararini bilib ulardan xalos va salomat bo‘ladi. Inson tabiatidagi yomon sifatlardan biri – yolg‘onchilikdir. Kimdir foyda ko‘rish yoki zararni ketkazish uchun yolg‘on so‘zlaydi. Shu yo‘l bilan foyda ko‘rmoqchi yo balodan qutilmoqchi bo‘ladi.

Rasululoh sollallohu alayhi vasallamdan: “Albatta,  rostgo‘ylik  yaxshilikka  boshlaydi. Yax­shilik esa jannatga yetaklaydi. Kishi rost so‘zlaydi, hatto  Alloh  huzurida  siddiq  deb  yozib  qo‘yiladi. Albatta,  yolg‘on  fujur  (gunoh)ga  yetaklaydi.  Fujur  esa do‘zaxga  eltadi.  Kishi  yolg‘on  so‘zlayveradi-da,  hatto Alloh­ning  huzurida  kazzob  (yolg‘onchi)  deb  yozib qo‘yiladi.  Ibn  Mas’ud  roziyallohu  anhudan” (Buxoriy  va Muslim rivoyati).

Hakimlarimiz bunday deganlar: “Rost so‘zda xatar ko‘rsangiz ham, rost so‘zlanglar. Najot rost so‘zdadir. Yolg‘on so‘zda najot ko‘rsangiz ham, yolg‘on gapirmang. Xatar yolg‘on so‘zdadir”.

Kimdir dushmanidan o‘ch olish maqsadida yolg‘on gapiradi. Yolg‘onni dushmaniga qarshi qurol qiladi. Bo‘lmagan qabihliklarni to‘kib, dushmaniga yopishtiradi. Shuning uchun dinimizda kishining dushmaniga qarshi guvohligi rad qilingandir. Yolg‘onchilik barcha yomonliklarning manbai, hamma razilliklarning asli, oqibati baxtsizlik, samarasi tubanlik bo‘lgan illatdir. Yolg‘ondan tuhmat, tuhmatdan nafrat, nafratdan dushmanlik kelib chiqadi. Yolg‘onchilik shaxs va jamiyatga ana shunday ziyonlar keltirishi bois dinimizda harom qilingan.

Safvon ibn Sulaym bunday rivoyat qiladi: Rasululoh sollallohu alayhi vasallamdan so‘rashdi: “Mo‘min qo‘rqoq bo‘ladimi?”. “Ha”, deb javob berdilar. Yana so‘rashdi: “Mo‘min baxil bo‘ladimi?”. “Ha”, dedilar. Yana so‘rashdi: “Mo‘min yolg‘onchi bo‘ladimi?”. “Yo‘q”, deb inkor qiladilar». (Imom Molik rivoyati).

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.