Islom
Chilim chekish harom ekanligini bilasizmi?
Misr va boshqa mamlakat ulamolari chilim chekish va har qanday inson uchun zarari bor narsalarning haromligiga fatvolar berganlar. Dinimiz pokdir va hamisha poklikka chaqiradi.
Alloh taolo marhamat qiladi: “U (Payg‘ambar) ularni (insonlarni) yaxshilikka buyuradi, yomonlikdan qaytaradi va pok narsalarni halol qilib, nopok narsalarni ulapga harom qiladi”. (A’rof surasi, 157-oyat).
Ushbu maqolamizda chilim tamakisi xususida qalam tebratar ekanmiz uning xususiyati qandayligi, Allohning eng mukammal dini, benuqson bo‘lmish Islomda uning iste’moliga qanday qaralishi xususida qisqacha tanishib chiqsak.
Moslashuvchan naychaga ega chekish qurilmasi. Unda tamaki tutuni suyuqlik orqali o‘tadi va shu tariqa o‘pkaga «yo‘l oladi». Chilimda odatda xushbo‘y tamaki va barglarni yoquvchi ko‘mirdan foydalaniladi. Aslida aynan nimani chekishning ahamiyati yo‘q, zero chekishning har qanday ko‘rinishi – zararli. Dinimizda zarari bor barcha narsadan qaytarilgandir.
Alloh taolo marhamat qiladi: “O‘zingizni halokatga duchor qilmang” (Baqara surasi, 195-oyat).
Chilimdan ko‘proq tutun tortiladi. Nikotin chilimdagi yagona zararli modda emas. Uning tutuni sog‘liq uchun zararli bo‘lgan boshqa moddalarga ham ega. Bir chilim chekish natijasida o‘pkadan 90 000 ml tutun o‘tadi, sigaretadan esa – 500-600 ml. Bu esa inson salomatligi uchun nihoyatda xavfli kasalliklarning hosil bo‘lish holatini bir necha marta yuqoriligini ko‘rsatadi.
Imom Ahmad va ibn Moja rivoyat qilgan hadisi sharifda “Islom dinida o‘zuga ham, o‘zgalarga ham zarar kelmurushlik yo‘q”, – deyiladi.
Ushbu kashandalik o‘zi bilan o‘zgalarni ham zararlashi oqibatidan kelib chiqsak, muqaddas dinimiz ta’limotlarida uni iste’mol etishlik qati’yan taqiqlanishi, haromligini bildiradi.
Bir necha yil davomida chilim chekish kuchli asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. Chilim tutuni uzoq istiqbolda organizmga salbiy ta’sir qilishi aniq. U qator kasalliklarni keltirib chiqaradi:
Yurak va qon-tomir kasalliklari. Aynan shu kasallik natijasida hayotdan ko‘z yumuvchilar soni ko‘proq. Chilim chekish qon tomirlarini toraytiradi, buning natijasida qon bosimi oshadi, yurak sohasiga qon yetib kelmaydi.
Saraton. Chilim chekish o‘pka, og‘iz bo‘shlig‘i, oshqozon va hatto peshob pufagi saratoni xavfini oshiradi.
Infeksiyalar. Chilim tortiladigan naychalarda viruslar, bakteriyalar yashiringan bo‘ladi.
Chekuvchi chilimni tortayotganda esa bug‘ ularni «ilib olib», to‘g‘ridan-to‘g‘ri og‘iz, bronxlar va o‘pkaga yetkazadi, hatto bir martalik naychalardan foydalanilsa ham. Bundan tashqari, yuqori nafas yo‘llarining boshqa infeksiyalarga qarshilik qilish xususiyati zaiflashadi.
Bularning bari nimani anglatadi? Allohning bebaho ne’mati bo‘lmish salomatlikni behuda, nopok narsalar bilan zararlab o‘zimizni halokatga tashlamaylik!
Alloh taolo marhamat qiladi: “O‘zlaringizni o‘zlaringiz o‘ldirmangiz albatta Alloh sizlarga mehribondir” (Niso surasi, 29-oyat).
Alloh taolo insonlarni o‘z joniga qacd qilmaslikka, shuningdek o‘zgalarning ham joniga ziyon etmaslikka buyuradi. Zero, bu chilim chekishlik ortidan insolarnning joniga va moliga zarar yetishligi bordir. U juda ko‘p insonni o‘z joniga zulm kilishiga olib keladi. O‘z joniga zulm kilish esa Islomda harom sanalgandir.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh: “Islomda zararli narsalar man qilingan. Chilimning zarari aniqlangandan keyin ulamolar chilim chekish haromligi to‘g‘risida fatvolar chiqarganlar” (“Zikr ahlidan so‘rang” kitobi).
Mehribon Zot barchamizni avf-u mag‘firat aylab, bu yomon illatlarga berilish va yo‘liqishlikdan O‘z panohida asrasin!
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


