Hodisalar
Buxoro shahridagi dorixonada 508 mln so‘mlik kontrafakt dorilar topildi
Buxoro viloyatida kontrafakt dori vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida yirik miqdordagi qalbaki va hujjatsiz dori vositalari fosh etildi.
Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiya bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda fuqaro Buxoro shahridagi xususiy dorixonalardan biri yaqinida “Buserelin-Depo” nomli kontrafakt dori vositasini noqonuniy ravishda sotayotgan vaqtida ushlandi.
Aniqlanishicha, fuqaro hech qanday tegishli hujjatlarga ega bo‘lmagan 2 quti “Buserelin-Depo” dori vositasini 2 million 900 ming so‘m evaziga shartli xaridorga sotayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Shundan so‘ng ushbu shaxs faoliyati bilan bog‘liq dorixona xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Tekshiruv davomida savdo shoxobchasida tegishli hujjatlarsiz saqlanayotgan, sotish uchun mo‘ljallangan 121 turdagi jami 13 ming 641 dona kontrafakt dori vositalari borligi aniqlandi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, noqonuniy muomalaga chiqarilishi rejalashtirilgan mazkur dori vositalarining umumiy qiymati 508 million so‘mni tashkil etadi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, kelib chiqishi noma’lum, sifati tasdiqlanmagan va tegishli hujjatlarsiz realizatsiya qilinayotgan dori vositalari fuqarolar salomatligiga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. Shu sababli bunday mahsulotlarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doimiy nazoratda turibdi.
Qayd etilishicha, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan joriy yil boshidan buyon 26 ta holatda kontrafakt dori vositalari va tibbiyot buyumlarining noqonuniy muomalasiga chek qo‘yilgan. Ushbu holatlarda qiymati 8 milliard 860 million so‘mlik mahsulotlar qonunga xilof aylanmadan chiqarilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Noqonuniy muomaladan chiqarilgan dori vositalarining kelib chiqishi, ularni saqlash va realizatsiya qilish bilan bog‘liq barcha holatlarga huquqiy baho berilishi ma’lum qilindi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


