Buxoro yangiliklari

O‘g‘ri qo‘lga tushdi

photo 211

Loading

Bugun 4-aprel kuni soat 06:11 da Milliy gvardiya Buxoro viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi “Monitoring markazi”ga Buxoro shahridagi Ibn Sino ko‘chasida joylashgan savdo do‘konlarining biridan tashvish xabari kelib tushadi.

Buxoro shahri 1-sonli texnik qo‘riqlash markazi tezkor harakatlanuvchi guruhi xodimlari tushgan xabar asosida belgilangan manzilga zudlik bilan yetib borganlarida noma’lum shaxs mazkur savdo do‘koni kirish eshigining oynasini qattiq jism yordamida sindirish yo‘li orqali ichkariga kirganligi aniqlandi.

Xodimlar tomonidan ko‘rilgan tezkor chora-tadbir natijasida qochishga uringan noma’lum shaxs voqea joyida ushlanib, Buxoro shahri 2-sonli IIB tezkor-tergov guruhiga o‘rnatilgan tartibda topshirildi.

Dastlabki surishtiruv ishlari natijasida gumonlanuvchi Buxoro shahri, Alpomish ko‘chasida yashovchi 1987-yilda tug‘ilgan fuqaro H. F. ekanligi aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan 2-sonli IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.