Buxoro yangiliklari

Buxorodagi “Голубые купола” egasi «Maksim Buxarskiy» vafot etdi

photo 212

Loading

Jinoiy avtoritet, «Maksim Buxarskiy» nomi bilan mashhur Jumayev Nozim Narziyevich vafot etdi.

Nozim Jumayev 2014-yilning dekabr oyida qamoqqa olinib, 2015-yilda O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 273-moddasi – giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarini qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash bilan bog‘liq jinoyatda ayblanib, 20 yilga qamalgan edi.

photo 213

Nozim Jumayevning qisqacha tarixi:

Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, N. Jumayev Buxoroda tug‘ilib, voyaga yetgan. Ammo, uning Turkmanistonning Chorjo‘yida tug‘ilgani haqida versiya ham mavjud. 1994–2002-yillarda u odam o‘ldirish, talonchilikda ayblanib 3 marta sudlangan. So‘ngra, mahbuslarga qarshi kuch ishlatib kelishda ham ayblanadi.

Qamoqxonalarda Nozim Jumayevga alohida sharoitlar (jumladan muzlatgich, sport bilan shug‘ullanish uchun jihozlar va boshqa imkoniyat) yaratib berib kelingani aytiladi.

Nozim Jumayev Toshkent viloyati Bekobod shahridagi 64/21 koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan sobiq huquq-tartibot idoralari xodimlarini qiynab, ulardan ko‘rsatma olishda ishtirok etganlikda ham norasman ayblanib kelinadi. Lekin uning «Loxmach» bo‘lgani borasida aniq shaxslar aniq fikrlar aytmagan.

Buxoroda uning o‘z biznesi bo‘lib, «Moviy gumbazlar» restoraniga ham egalik qilgan.

2020-yil aprel oyida ayrim OAV larda N. Jumayevning qamoqxonadan yo‘llagan videomurojaati va jismoniy mashqlar qilayotgani tasviri e’lon qilingandi. Ushbu videoda Jumayev tez orada ozodlikka chiqishi kutilayotganini aytib o‘tgan. Murojaat o‘z navbatida qator inson huquqlari himoyachilarida tashvish uyg‘otib, e’tirozlarga sabab bo‘lgandi.

Nozim Jumayev 2021-yilning 2-aprel kuni vafot etdi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.